“Yarim kun SES eşigida sarğayib, test topşirolmay qaytdim. Zarurmi şu test menga, böldi, özim uçun qaror qildim, menda katta ehtimol bilan Covid-19.

Kontakt bölgan, haroratim 4-kun 37-37,5 atrofida uşlanib turibdi. Qizim, onam, ukam, kelinim - hammamiz isitmaladik, onam ta'm bilmayaptilar, yötalyaptilar. Kelinimda qattiq quruq yötal va 39 darajagaça isitma kuzatildi, menda esa faqat tana qaqşab oğrişi va isitma. Tez yordam va poliklinika menda Covid bölişi mumkin deb faqat masofadan maslahat beryapti, lekin test yöqligi uçun rasman Covid deb tan ham olmayapti. Xullas, betartiblik va tizimsizlik. Özing uçun öl yetim.

Koviddan davolanaveraman endi. Albatta, mustaqil davolanaman, çunki tessiz birov meni koviddan davolamaydi, test topşirolmayman, demak yopiq doira.

"Hurmatli" Soğliqni saqlaş vazirligi! 

Şunça payt falonça kasal tuzaldi deb hisobot berib, şundoq ham tuzalib ketayotgan odamlar bilan statistikangizni boyitdingiz. Yana ularni tantana bilan uyiga kuzatib ajoyib şoular qildingiz. Öşa paytda resurslaringizni töğri taqsimlab, hozir özingiz qöllayotgan usulni qilsangiz, ya'ni yoppasiga emas, faqat öta zarur hollarda kasalxonaga kovid bilan zararlanganlarni yotqizsangiz bölmasmidi? Vraçlarni zöriqtirmay, boşqa resurslarni ham oqilona taqsimlaş bölmasmidi şu. Keça hammaga, bugun esa heç kimga bölyapti endi.

Böldi, testlaşni ham töxtating, baribir bu testlaringiz na real ahvolni körsatyapti, na kerakli odamlarni qamrab olyapti. Resurs uvol bölyapti va tibbiyot xodimlar riskda qolyapti, xolos.

Undan köra hozir, aynan şu kunlarda özida koronavirus belgilarini sezganlar qayerga borişi, nima qilişi, özini özi qanday davolaşi haqida yöriqnoma çiqarib tarqating. Hozir eng keraklisi şu. Çunki aholi u yoqda tursin, tibbiyot hodimlari ham bilmayapti nima qilişni. 

Internetda aylanib yurgan turli retseptlarni tartibsiz qöllaşyapti!

Masalan, uç kun avval isitmam çiqqanida poliklinikaga telefon qildim, u tez yordamga qil, dedi. Koll-sentr ham tez yordamga yönaltirdi, tez yordam poliklinikaga, poliklinika yana tez yordamga... Oxiri telefonim ovoz yozyapti, şikoyat qilaman deganimdan söng uçastka vraçim telefonda dorilarni aytib turdi. Mana ahvol!

Hamma test topşiraman deb bir-biriga kasal yuqtirib yuribdi va vaqtni ham boy beryapti. Odamlarga hozir, bugun nima qilsa, qayerga murojaat qilsa töğri va xavfsiz bölişini aytiş kerak. Aytiş uçun özinglar bilasizlarmi bu savollarning javobini?” – deya yakunlagan öz sahifasidagi çiqişini Ş. Soatova.