Adliya vazirligi xabariga köra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar öquvçi qabul qilinadi. Şundan 2310ta kvota kunduzgi, 1110ta kvota sirtqi ta'lim şakliga möljallangan.




Ma'lumot uçun, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 11-sinfni tamomlagan öquvçilar yoki litsey va kollej bitiruvçilari hujjat topşirişi mumkin.
Abituriyentlarni qabul qiliş Davlat test markazi ötkazadigan test sinovlari orqali amalga oşiriladi. Bundan taşqari, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt («super-kontrakt») asosida ham talabgorlar öqişga qabul qilinişi mumkin.
Öqiş muddati – 2 yil. Yuridik texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar Toşkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, suhbat asosida öqişga qabul qilinadi.
Vazirlik ma'lumotiga köra, yuridik texnikumlar bitiruvçilari notarius yordamçisi, FHDYo bölimi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamçisi va davlat ijroçisi kabi 89ta mutaxassislikda işlaşlari mumkin böladi.












