AQŞning Janubiy Dakota ştatida joylaşgan Raşmor toği mamlakatning asosiy turistik obektlaridan biri sanaladi. Granit toğning bir tomonida AQŞ tarixida muhim rol öynagan tört prezident – Jorj Vaşington, Tomas Jyefferson, Teodor Ruzvelt va Avraam Linkolnning monumenti işlangan.
Balandligi 18 metr bölgan bu monumentni qurişga 15 yil sarflangan bölib, AQŞ Konstitutsiyasining 150 yilligiga topşirilgan.
«Demokratiya qal'asi» deb ham nomlanadigan bu obektni tomoşa qiliş uçun pandemiyaga qadar yiliga 2,5 mln.dan ziyod sayyoh taşrif buyurardi.

Nega aynan ular?
Raşmor toğida nega aynan bu tört prezident – Vaşington, Jyefferson, Ruzvelt va Linkoln qiyofasining tuşirilgani öziga xos sabablarga ega. Ular mamlakat mustahkamligi va taraqqiyoti yölida muhim rol öynagan şaxslar hisoblanadi.
Jorj Vaşington (1732-1799) – AQŞning birinçi prezidenti. Mamlakatning asosçi-otalaridan biri, Amerika prezidentlik instituti ta'sisçisi. Uning qömondonligi ostida mamlakat Buyuk Britaniya mustamlakaçiligi ta'siridan çiqib ketgan. 1789 va 1793 yillarda mamlakat prezidentligiga saylangan. Vaşington Amerika demokratiyasining asosçilaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Tomas Jyefferson (1743-1826) – AQŞning uçinçi prezidenti. Mamlakatning asosçi-otalaridan, AQŞ mustaqillik deklaratsiyasi mualliflaridan biri. Uning prezidentligi davrida Fransiya koloniyasi bölgan Luiziana AQŞ tarkibiga qöşib olinadi, natijada mamlakatning öşa paytdagi hududi 3 baravarga kengayadi.
Teodor Ruzvelt (1858-1919) – AQŞning 26-prezidenti, tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati. Mamlakatni boşqargan davrida işçi sinfning huquqlarini himoya qiliş, yirik monopol trest va korporatsiyalar faoliyatini çeklaş orqali barça uçun teng biznes şaroitlarini yaratişga erişdi. Siyosiy strategik obekt – Şimoliy va Janubiy Amerika qit'asini ajratib turuvçi Panama kanalining qurilişida asosiy rol öynagan şaxslardan biri.













