Advokat Ivan Pavlovning sözlariga köra, FXX ekspertlari «Safronovning çop etgan işlarida davlat sirlarini topmagan».
«Roskosmos» rahbari maslahatçisi va jurnalist Ivan Safronovga rasman davlatga xiyonat qiliş ayblovi e'lon qilindi. Uning advokati Ivan Pavlovning xabar berişiça, Safronov bu ayblovni tan olmagan.
«Hozir ayblov e'lon qilindi. Hukmda Safronov çex maxsus xizmatidan moddiy rağbatlantiriş olgani haqida heç qanday ma'lumot yöq. Şuningdek, uning nimalar bergani, bu qaçon bölgani, aniq bir ma'lumotlar yöq», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda «Interfaks».
Tergovning ta'kidlaşiça, Safronov ma'lumotni beriş uçun Vera Crypt şifrlaş dasturidan foydalangan.
«Bu jurnalistlar ham, advokatlar ham, huquq himoyaçilari ham foydalanadigan, bozorda keng tarqalgan mahsulot», — dedi Pavlov.
Bundan taşqari, Pavlovning sözlariga köra, FXX ekspertlari «Safronovning çop etgan işlarida davlat sirlarini topmagan». Advokatning fikriça, ayblov tomoni şu yöl bilan Safronov işi uning jurnalistik faoliyati bilan boğliq ekanligini inkor etişga urinmoqda.
- Ivan Safronov 7 iyuldan buyon hibsda saqlanmoqda. U Çexiya razvedkasiga ma'lumot yetkazişda ayblanmoqda.
- Safronovning himoyaçisi u jurnalistik faoliyati uçun ta'qibga olinmoqda degan fikrda.
- 13 iyul kuni «Lefortovo» tergov izolyatori binosi yaqinida yakkalik piketlar bölib ötdi. Norozilik bildirişga çiqqanlar qölga olindi.












