Germaniya may oyidan boşlab maktablarni oçgan bölişiga qaramay, parallel ravişda öquvçilar uydagi keksalar va yoşi katta öquvçilar, xodimlar uçun virus tarqatuvçi manba bölişi ehtimoli haqida bahslar davom etayotgandi.

Reuters naşrining yozişiça, Drezden universiteti  bu kabi taxminlarga aniqlik kiritiş uçun may va iyun oyida Drezden şahri, Bautsen va Gyorlits tumanlaridagi 14-18 yoş oraliğidagi 1,5 ming öquvçidan hamda 13 maktabning 500 öquvçisidan qon tahlillarini oldi.

Universitet şifoxonasi vakili Reynxard Bernerning ta'kidlaşiça, test qilingan 2 ming odamning faqat 12 nafarida antitanalar borligi aniqlangan. Va tadqiqotning dastlabki natijalari koronavirus tarqalişida maktab bolalarining asosiy rol öynaşi haqidagi taxminni yöqqa çiqargan.

Bernerning aytişiga qaraganda, bolalar koronavirus tarqalişida hatto tormoz vazifasini ham bajarişi mumkin. Maktablar ham virus tarqatişda yetakçi rolni öynamaydi, hatto xonadonlarda ham virus tarqalişi ilgari  kutilganidan kamroq tezlikda ekani kuzatilmoqda.

Saksoniya ta'lim vaziri Kristian Pivarz tadqiqot ştatdagi maktablarning yozgi ta'tildan keyin, avgustda qayta oçilişi mumkinligini körsatayotganini ma'lum qilgan. Bunda, albatta, öquvçilarning ma'lum şaroitda darslarga qatnaşi nazorat qilinadi. Jumladan, bolalar maktablarda tibbiy niqobda bölişi, ijtimoiy masofa saqlaşi kerak böladi.

Bernerning qayd etişiça, virus tarqaliş tezligi nisbatan past bölgan Saksoniyada öquvçilar iştirokida ötkazilgan bu tadqiqot Germaniyaning boşqa hududlari uçun ham namuna böla oladi. Masalan, davlatning virus tarqaliş tezligi yuqori bölmagan boşqa hududlarida ham Saksoniya tadqiqoti asosida maktablarni qayta oçiş mumkin.

Germaniyada 13 iyul holatiga köra, 200 ming 47 ta koronavirusdan zararlaniş va 9135 ta ölim holati qayd etilgan, hozirgaça 185100 kişi tuzalgan.