9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi bölib ötadi. Dunyo koronavirus sabab «özini uyga qamagan» vaqtda ham karantin joriy qilmagan mamlakatda saylovning keçiktirilişi haqida tabiiyki heç gap yöq. Tahlilçilar har qanday holatda Belarusda prezidentlik saylovi ötkazilişini aytişmoqda.
Belarus prezidentligi uçun saylov bu safar ança şov-şuvli ötişi kutilmoqda. Intriga esa allaqaçon boşlanib qolgan: Lukaşenkoning asosiy raqibi bölişi kutilgan Viktor Babariko qölga olingan. Bugun ma'lum böldiki, Markaziy saylov komissiyasi «Belgazprombank»ning sobiq rahbari Babarikoni Belarus prezidentligiga nomzod sifatida röyxatdan ötkazmadi. Bu haqda saylov MSK raisi Lidiya Yermoşina komissiya yiğilişida ma'lum qilgan.
Komissiyaning uşbu majlisi ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli tarzda yoritildi va unda sözlagan MSK raisi Babarikoning nomzodi röyxatga olinmaganining asosiy sababi sifatida uning daromadlari töğrisidagi deklaratsiyada noaniqliklar borligi hamda uning loyihalarida xorijiy kompaniyalar ham iştirok etayotganini keltirgan.
Şuningdek, nomzodlardan yana biri Valeriy Tsepkaloni ham röyxatdan ötkaziş rad etilgandi. MSK uşbu nomzod birinçi bosqiçda amalga oşirilişi lozim bölgan iş – taşabbus guruhining 100 ming imzosini töplay olmaganini ma'lum qilgan.
MSK saylovda qatnaşmasligi uçun bosim bölgani aytilgan Svetlana Tixanovskayani röyxatga olgan. U ham Lukaşenkoning asosiy raqiblaridan biri hisoblanadi. Tut.by saytiga köra, Tixanovskayaning hujjatlarida kamçilik topilgan: u prezidentlikka öz nomzodini qöyişni rejalaştirgan, ammo mol-mulki haqidagi deklaratsiyasida hibsga olingan eri Sergey Tixonovskiyning Gomel oblastida uyi borligini körsatmagan. Darvoqe, Sergey Tixonovskiy ham prezidentlik saylovida öz nomzodini qöygandi, biroq MSK faqat Svetlana Tixonovskayani nomzodini röyxatdan ötkazgan.
MSK raisining ma'lum qilişiça, Babariko doimiy tarzda ofşor hududlarda kompaniyalar oçib, söng öşa kompaniyalarga yaşirinça mablağ ötkazib kelayotgan uyuşgan jinoiy guruh tuzgan va uni boşqargan. Uning sözlariga köra, Babariko şu paytgaça kamida 458 ming AQŞ dollarini ofşor hisoblarga yaşirinça ötkazgan. Babarikoga nisbatan keltirilgan barça ayblovlar «Belgrazprombank işi» böyiça hibsga olinganlarning tergov davomida bergan körsatmalariga asoslangani qayd etilgan.
Uşbu majlisda qatnaşgan Babarikoning vakili hali unga qöyilayotgan ayblovlar isbotlanmagani va siyosatçi ofşor kompaniyalarni boşqarayotgani haqidagi iddaolar reyestrdan olingan köçirmalar bilan tasdiqlanmaganini aytgan.
Viktor Babariko 18 iyun kuni Belarus davlat nazorati moliyaviy tekşiruv bölimi xodimlari tomonidan hibsga olingandi. U 20 yil davomida «Belgazprombank»ni boşqarib kelgan va prezidentlik poygasida qatnaşişga qaror qilib, iste'foga çiqqan. Şundan söng, köp ötmay «Belgazprombank»ning boş ofisida va unga aloqador bir qator kompaniyalarda davlat nazorati moliyaviy tekşiruv bölimi xodimlari tomonidan tintuvlar ötkazilgan hamda yuqori lavozimli menejyerlar va xodimlar hibsga olingan.










