Norvegiya hukumati 15 iyuldan Yevropaning 20 dan ortiq mamlakatiga safar qiliş böyiça çeklovlarni bekor qildi. Bunday çeklovlar mart oyida koronavirus bois joriy qilingan edi. Bu haqda Norvegiya hukumati axborot xizmati xabar qilmoqda.
“15 iyuldan Yevropa iqtisodiy hududi va Şengen hududining ayrim mamlakatlari safar qiliş tavsiya etilmagan davlatlar röyxatidan çiqariladi”, - deyiladi xabarda.
Röyxatda 21 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Polşa, Fransiya, Çexiya va boşqalar bor. Endilikda, mazkur davlatlar va Norvegiya örtasida bordi-keldi uçun karantinda ötiriş talab etilmaydi.
Avvalroq, Norvegiya Finlandiya, Daniya va Islandiya bilan çegaralarini oçgan edi. 15 iyuldan Şvetsiyaning 3 mintaqasi - Bleking, Krunuberg va Skone hududlariga boriş mumkin.
Ayni vaqtda Norvegiyada koronavirusga çalinganlar soni 8 984 kişiga yetdi. Sönggi hafta içida virusni yuqtirib olganlar soni kuniga 15ta yangi holatdan kamni taşkil etdi. Mamlakatda 253 kişi koronavirus qurboniga aylandi.












