Turkmanistonda 6 iyuldan buyon iş olib borayotgan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maxsus missiyasi ön kun davom etgan tekşiruvlarning xulosasini e'lon qildi. Missiya rahbari Ketrin Smolvud maxsus brifingda «Turkmaniston JSSTning Yevroosiyo mintaqasida birorta ham COVID-19 kasalligi aniqlanmagan yagona a'zosi bölib turibdi» deb bayonot berdi.

Biroq, Turkmanistonda odamlar şubhali pnevmoniyadan ölişda davom etmoqda. Aşxobodda 13 iyul kuni Turkmaniston davlat televideniyesi xodimi Çoriguli Avlikuliyev tösatdan vafot etdi. Marhumning kasallik varaqasi bilan taniş bölgan tibbiyot xodimining sözlariga köra, rentgen suratlarda Avlikuliyevning öpkasi deyarli körinmagan. Çoriguli Avlikuliyev oxirgi işga borgan kuni kasalxonaga borişdan boş tortib, şunçaki ozgina qon bosimi kötarilganidan şikoyat qilgan.

Avlikuliyev kasalxonaga 12 iyul kuni, ölimidan bir kun oldin yotqizilgan. 13 iyul kuni u vafot etgan, 14 iyul kuni dafn qilingan.

Avlakuliyevning jasadi qarindoşlariga berilmagan va darhol qabristonga olib borib dafn etilgan. Çoriguli Avlikuliyev atigi 45 yoşda edi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida turkman televideniyesida işlagan. Hozirgi paytda Çoriguli Avlikuliyevning egizak akasi, Saparmurod Niyozov nomli kasalxonaning umumiy amaliyot şifokori bölgan Işanguli Avlikuliyev ham kasalxonaning jonlantiriş bölimida qolmoqda.

Ketrin Smolvud öz nutqida JSST mutaxassislari Turkmanistondagi turli tibbiyot muassasalariga taşrif buyurgani hamda köplab tibbiyot xodimlari bilan uçraşganini ta'kidladi. U JSST vakillari aynan qaysi kasalxonalarga taşrif buyurganini oçiqlamagan, ammo Turkmanistondagi kuzatuvçilarning fikriga köra, mamlakat kasalxonalaridagi haqiqiy holat JSST vakillaridan yaşirilgan. Ularning bildirişiça, viloyatlardagi şifoxonalar koronavirus alomatlari bölgan bemorlar bilan töla.

«Bolqonobodda koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan odamlar sil kasalligi davolanadigan mahalliy dispanserga yotqizilgan. Uşbu dispanser hammani yotqiziş imkoniyatiga ega emas. Şuning uçun endi bemorlarni teri kasalliklari dispanseriga yotqizişayapti», deb ma'lumot bergan manbalardan biri.

Uning sözlariga köra, tez tibbiy yordam şifokorlari aholidan mamlakatda koronavirus mavjudligini yaşirmayapti va odamlarga hojati bölmaganda uydan çiqmaslikni tavsiya qilmoqda.