«Toşkent viloyatining Toşkent tumanida yaşovçi 42 yoşli fuqaro T. A. (erkak) şu yilning 29 iyunidan 12 iyuliga qadar Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik bölimida ötkir pankreatit, öt qopi jarrohlik yöli bilan olib taşlaş amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oşqozon osti bezini drenajlaş taşxisi bilan davolangan. Şuningdek, bemordan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Unga ötkir total yoğli pankreonekroz, ötkir xoletsistit, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Şuningdek, yurak işemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion çoralarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun Içki işlar vazirligi Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toşev 12 iyul kuni 42 yoşida vafot etgani, uning ölimiga koronavirusdan kasallangani sabab bölgani haqida xabar bergandi.

Bungaça 13-14 iyul kunlari Toşkent şahar IIBB xodimi, 36 yoşli mayor A.Ş va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölimi boşliği, 48 yoşli podpolkovnik Ş.N koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi. SSV bu ölim holatlarini 15 iyul kuni tasdiqladi. 

Endilikda, Özbekistonda koronavirusdan ölim holatlari soni 75taga yetdi.