Tojikistonda 17 avgustdan maktablar oçiladi. Bu haqda mamlakat ta'lim vaziri maxsus taşkil etilgan matbuot anjumanida aytgan.
Tojikiston ta'lim vaziri Mahmadyusuf Imomovning aytişiça, bu qaror koronavirusga qarşi kuraşiş respublika ştabi bilan bamaslahat qabul qilingan. Ma'lum bölişiça, öquvçilar belgilangan grafikdan qolib ketgani uçun öquv mavsumi ikki hafta oldin boşlanadi. Dastlabki ikki haftada ötgan yildagi darslar takrorlanadi.
Vazir matbuot anjumanida Tojikistonda epidemiologik vaziyat murakkablaşsa, maktablar onlayn rejimga ötkazilişini aytdi. Mamlakatning barça qismida internet xizmatlari köngildagidek bölmagani sabab darslar televideniye orqali ham efirga uzatiladi. Televideniye orqali dars ötiş zaxira varianti bölsa-da, yil davomida teledarslar ötiş rejasi işlab çiqib bölingan.
Ta'lim vazirligi telekanallar va Youtube tarmoğida maktab ta'limiga oid videolar berib boradi. Öquvçilar darslarni aynan telekanallar va Youtube'da takroran tomoşa qilişlari mumkin böladi. Youtube'da «Sanduqçai zulbiyo» multfilmi berib boriladi.
Oldinroq mamlakat prezidenti Imomali Rahmon barçani koronavirus infeksiyasining ikkinçi tölqiniga tayyorlanişga çaqirgan, şuningdek, mamlakatning Qirğiziston bilan çegarasida nazorat kuçaytirilgandi. Tojikistondagi kasalxonalarda tibbiy vositalar yetişmayotgani aytilmoqda.













