Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi boş şifokori özgardi. Bu haqdagi ma'lumotni viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.

Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, ayni kunga qadar mazkur lavozimda işlab kelgan Xayrulla Boymurodov örniga Adham Bahromov viloyat SEOM boş şifokori etib tayinlangan. Adham Bahromov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelgan.

Oldinroq Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat yöllab, Samarqand şahrida ahvol yaxşi emasligini aytgandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni ötkazilgan videoselektorda Samarqand viloyati murakkab epidemiologik vaziyatdan çiqib ketganini e'tirof etgandi.