Anita 8 yillik faoliyati davomida juda köp inşoot, şahar, xuşmanzara joylarni suratga olgan. U ayniqsa tabiat manzaralarini rasmga olişni yoqtiradi. Suratkaşning galdagi galereyasidan örin olgan rasmlar nihoyatda gözal va takrorlanmas ekani bilan ajralib turadi.
Fotograf sayohatlari davomida inson va tabiatni professional darajada birlaştirişga harakat qildi. U 12 davlatni kezib, şu hududlarning an'anaviy kiyimlari bilan uyğunlikda möjizaviy joylarini ham suratga oldi.
Ijodkor öz galereyasiga «An'anaviy dunyo liboslari» deb nom berdi. U öz mehnat mahsuli haqida şunday deydi:
«Tasavvur qilgan manzaralarimni izlab topganimdan söng ham suratlarimda nimadandir yetişmayotgandi. Şunda yerlik aholining milliy liboslarini hududdagi manzara bilan uyğunlaştiriş fikri tuğildi.
Sayohatim 2016 yilda Çexiyadan boşlangan edi. Bu yerdagi milliy liboslarni topiş, ijaraga oliş oson bölmadi. Ayniqsa Şotlandiya, Norvegiyada milliy kiyimlar ijarasi ançagina qimmat edi.
Kolleksiya juda köp vaqt olganiga qaramay, buni uddaladim deb öylayman. Ammo bu iş tugaganini anglatmaydi. Uşbu galereyada hali böş joylar bor va ular öz suratini kutyapti», – deydi Anita Demianoviç.
Nikaragua, Leon


Italiya, Dolomiti



Gvatemala, Vulkan Akatenango


































