80ta davlat borgan, «atigi» 65 davlat ötkazib yuborgan. 40 yil avval dunyo Moskva olimpiadasiga boykot e'lon qilgandi
|03:29 / 19.07.202035 80012 min
Mahalliy OAVlardan birida 65 mamlakatning olimpiadaga boykot e'lon qilgani pozitiv ruhda şunday ifodalangandi: «Olimpiadada 80ta davlat qatnaşadi va faqat 65 davlat uni ötkazib yuboradi».
Foto: gazeta.ruFoto: gazeta.ru
1980 yilgi yozgi olimpiada öyinlari Moskvada ötgandi. Bu musobaqa köpçilikning nazdida tarixdagi eng zör yopiliş marosimi bölib yodda qolgan. Bundan roppa-rosa 40 yil avval, 1980 yil 19 iyulda boşlangan musobaqa ramzi bölgan ayiqçaning yopiliş marosimida osmonga uçib ketişi çindan juda ta'sirli bölgan va tomoşabinlarning köpçiligi köziga yoş olgan. Ammo bugun Moskva-80 haqidagi boşqa voqeani yodga olamiz.
1974 yil Xalqaro olimpiya qömitasi özining 75-sessiyasini Avstriya poytaxti Vena şahrida ötkazadi. Sessiya işida bir qator muhim mavzular muhokamasi qatorida 1980 yilda ötkaziladigan olimpiada öyinlari mezboni masalasi ham körib çiqiladi. Öşanda ikkita nomzod şahar bir-biri bilan jiddiy raqobatlaşadi: Moskva va Los-Anjyeles. Şu yerda ham «dunyoning ikki qutbi» örtasida raqobat böladi. Ovoz beriş jarayonida Moskvada 39ta, Los-Anjyeles esa 20ta ovoz oladi va şu tariqa Moskva 1980 yilda olimpiada öyinlari mezbonligini qölga kiritadi.
1974 yilda xalqaro maydonda SSSRning obrösi ança yaxşilangan, mamlakat siyosati «Ğarbdan duşman yasaşni» birmunça kamaytirgan va hatto AQŞ bilan döstona aloqalarga örnatilgandi. Moskvaning köp ovoz olib, 1980 yilgi olimpiya öyinlarini ötkaziş huquqini qölga kiritişida şu omil muhim rol öynagan bölsa ham ajab emas.
Öşa kezlarda yozgi olimpiada öyinlarini ötkaziş huquqini qölga kiritiş SSSR uçun juda muhim edi. Birinçidan, yozgi olimpiada öyinlari XIX asr oxiridan buyon ötkazilib kelinayotgan bölsa-da, öşa paytgaça SSSR yoki Rossiya imperiyasi hududida birorta olimpiada bölib ötmagan edi. Bundan taşqari, öşa paytgaça sotsialistik mamlakatlarning birortasida olimpiada öyinlari ötkazilmagan va uning kapitalistik dunyo bilan olib borayotgan raqobatlarini inobatga olsak, Moskvaning olimpiada öyinlarini ötkaziş huquqini qölga kiritgani sotsialistlar uçun ham juda ahamiyatli edi.
Foto: Yandex.ru
SSSR rahbariyati 1980 yilda bölib ötadigan musobaqani Moskvada ötişining ahamiyatini yaxşi tuşunib turgan edi. Şu uçun uşbu nufuzli musobaqani köngildagiday ötkaziş uçun SSSR poytaxtida keng kölamli katta quriliş işlari boşlab yuboriladi. Jumladan, bu musobaqa uçun Moskvada jami 78ta turli mehmonxonalar va sport inşootlari yangidan quriladi. Bundan taşqari yana köplab sport inşootlari, yöllar, mehmonxonalar ta'mirlanadi. SSSR rahbariyati Moskva olimpiadasini ötkaziş uçun juda katta kölamdagi işlarni bajaradi, hatto KGB qoşida Moskva olimpiadasida xavfsizlikni ta'minlaş uçun 11-maxsus bölinma ham tuziladi.
Şunça tayyorgarlikka qaramay, Moskva olimpiadasini baribir tinç va tölaqonli ötkazişning iloji bölmaydi. Bu olimpiadada dunyoning salkam yarmi, sport eng rivojlangan davlatlar vakillari qatnaşmadi. Sabab – siyosat.
Mavzuga oid
1978 yil Afğonistonda Savr inqilobi amalga oşiriladi va mamlakatda qurolli töqnaşuvlar boşlanib ketadi. SSSR rahbariyati 1979 yil dekabr oyida Afğonistonda örnatilgan sotsialistik tuzumni himoya qiliş uçun bu mamlakatga öz qöşinlarini kiritadi. Garçi bu iş Afğoniston hukumatining sörovi va ruxsati bilan amalga oşirilgan bölsa-da, dunyo hamjamiyati uni bosqinçilik deb baholaydi. Şundan söng, köplab xalqaro taşkilotlar, turli davlatlar SSSRning Afğonistonga bostirib kirişini qoralab çiqadi va undan qöşinlarini darhol olib çiqişini talab qiladi. SSSR esa Afğonistonda uruşni davom ettiraveradi.
Ğarb davlatlari SSSRga turli çoralar bilan ta'sir qilişga urinadi va iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinadi. Keyinroq dunyoning köplab mamlakatlari AQŞ boşçiligida Moskvada bölib ötadigan olimpiada öyinlariga öz sportçilarini jönatmasligini aytib, musobaqaga boykot e'lon qilişadi.
1980 yil yanvar oyida AQŞ prezidenti Jimmi Karter SSSR rahbariyati oldiga talab qöyadi. Karter SSSR 1980 yil 20 fevralgaça Afğonistondan öz harbiylarini olib çiqmasa, dunyo hamjamiyati Moskva olimpiadasiga boykot e'lon qilişini aytadi. Sovet rahbariyati AQŞ prezidentining bu şartiga Sovet harbiylari Afğonistonga uşbu davlat rahbariyatining taklifi bilan kirganini va u yerda duşmanlar yengilmagunça qöşinlar çiqarilmasligini ma'lum qiladi.
Foto: Sport-Ekspress
Şundan söng Jimmi Karter dunyo davlatlarini ommaviy tarzda Moskva olimpiadasiga boykot qilişga çaqiradi va buni jahonning köplab davlatlari qöllab-quvvatlaydi (AQŞning taklifini qöllamay ham körişsin-çi).
Öşa paytda Xalqaro olimpiya qömitasi rahbari bölib turgan lord Maykl Morris Killanin turli yiğinlarda dunyo davlatlariga murojaat qilib siyosatni katta sportga aralaştirmaslikni sörab bir neça marta çiqişlar qiladi. Ammo Moskva olimpiadasini boykot qilişga qaror qilgan davlatlar vakillari uning çaqiriqlariga «Sport tinçlik elçisi hisoblanadi. Boşqa bir davlat hududiga bostirib kirgan davlat qanaqa qilib tinçlik elçisi hisoblanadigan sport musobaqasini ötkazişi mumkin?», mazmunida e'tiroz bildiradi.
1980 yil 12 aprel kuni AQŞ olimpiya qömitasi prezident Karterning Moskva olimpiadasiga boykot qiliş haqidagi qarorini qöllab quvvatlaydi. Keyinçalik prezident Karter öz xotiralarida Moskva olimpiadasini boykot qiliş haqidagi qaror faoliyati davomida qabul qilgan eng qiyin va eng oğriqli qaror bölgani haqida yozgan edi.
AQŞ davlat departamenti qoşida tuzilgan Moskva olimpiadasini boykot qiliş ştabi boşliği Nelson Ledski «Öşa paytda AQŞda SSSRning Afğonistonga bostirib kirganiga jiddiyroq qarşilik qiliş imkoniyati bölmagan. Şu uçun ham Oq uy kiçik imkoniyatdan bölsa ham foydalaniş uçun bir neça mamlakatlar bilan maslahatlaşib, Moskva olimpiadasiga boykot e'lon qilişga qaror qilgandi. Boykotning asosiy taşabbuskorlari Buyuk Britaniya, Kanada va AQŞ bölgan. Bu uç mamlakat Moskva olimpiadasini boykot qiliş haqida 1980 yil yanvar oyida özaro kelişib oladi», degan edi.
Ledskining qöşimça qilişiça, «Sehrli diyor»ning Moskva olimpiadasini boykot qilişini AQŞdagi barça sportçilar ham birday qabul qilmagan va öz hukumatidan bu boykotni bekor qilişni söraganlar ham bölgan.
Karterning boykot haqidagi qarorini öşanda dunyoning yarmi, qariyb 100ga yaqin davlat qöllab-quvvatlaydi. Moskva olimpiadasini boykot qilişni qöllab-quvvatlagan davlatlarning ayrimlarida sportçilar öz hukumatidan sportga siyosatni almaştirmaslikni söraşadi. Ba'zilari esa öz hukumati Moskva olimpiadasini boykot qilsa ham, bu musobaqada iştirok etişini bildiradi.
Öşanda jami 14 mamlakat sportçilari öz hukumatining boykotiga qaramasdan Moskva olimpiadasida öz mamlakati nomidan emas, balki olimpiya bayroği ostida qatnaşişini bildiradi. Yana bir qator davlatlar olimpiada boşlanişidan avval fikrini özgartiradi va Moskvaga öz sportçilarini jönatadi.
Moskva olimpiadasiga öz sportçilarini jönatmagan 65ta mamlakat orasida AQŞ, Kanada, Turkiya, Koreya respublikasi, Yaponiya, GFR kabi sporti rivojlangan mamlakatlar bor edi. Buyuk Britaniya, Avstraliya, Andorra, Daniya, Puerto-Riko va Irlandiya hukumatlari öz sportçilariga öz mamlakati bayroğisiz qatnaşişga ruxsat berişadi. Umuman olganda Moskvaa olimpiadasida bor yöği 80ta mamlakat vakillari qatnaşadi.
Eng qiziği bu musobaqani boykot qilganlar orasida sotsialistik lager vakili Xitoy ham bor edi. Xitoyning musobaqani boykot qiliş sababi ham siyosiy edi: 1977 yil Mao Tszedun vafotidan söng mamlakat tepasiga kelgan yangi rahbarlar tugal sotsializm bilan mamlakatni rivojlantirib bölmasligini tuşunib yetadi va sotsializmning xususiy mulkni inkor qilişi, aholiga kapital yiğiş erkinligini çeklaşi kabi unsurlaridan voz keçib, Ğarb mamlakatlari bilan iliq munosabatlar örnata boşlagandi. Bu esa rasmiy Pekinning rasmiy Moskva bilan aloqalarini biroz sovuqlaşişiga sabab bölgandi. Şuningdek, öşa paytda Xitoy SSSRning Afğonistonga bostirib kirişiga ham qarşi bölgan.
Sotsialistlardan yana biri Ruminiyaning Moskva olimpiadasiga boykot qilişi köpçilik uçun kutilmagan holat böldi. Bu mamlakat rahbari Nikolaye Çauşesku ham negadir rumin sportçilarini Moskva olimpiadasiga borişiga qarşi böladi.
Olimpiadani boykot qilgan mamlakatlar Moskva olimpiadasi boşlanişidan uç kun oldin AQŞning Filadelfiya şahrida Olympic Boycott Games nomi ostida xalqaro musobaqa taşkil etadi. Unda Moskva olimpiadasini boykot qilgan davlatlardan 29tasining vakillari qatnaşadi.
Moskva olimpiadasining tantanali oçiliş marosimi 1980 yil 19 iyulda Lenin nomidagi stadionda (bugungi Lujniki) bölib ötadi. Unda Xalqaro olimpiya qömitasi rahbari lord Maykl Morris Killanin bilan birga KPSS Markaziy qömitasi birinçi kotibi Leonid Brejnev qatnaşadi. Musobaqalar 15 kun davom etadi va 1980 yil 3 avgust kuni tantanali ravişda yopiliş marosimi ötkaziladi.
Öxşamagan qasos
1980 yilda ötkaziladigan olimpiya öyinlarini Moskvaga yutqazib qöygan Los-Anjyeles ortga çekinmaydi va 1984 yilda olimpiya öyinlarini ötkaziş huquqini ikkinçi urinişda qölga kiritadi. Şundan söng Sovet Ittifoqi rahbariyati Moskva-1980 olimpiadasidagi boykot uçun AQŞdan qasos olişni reja qiladi va Los-Anjyeles olimpidasiga SSSR sportçilari bormasligini ma'lum qiladi. Öşa paytda sotsialistik davlatlardan 15ga yaqinini, bundan taşqari dunyodagi köplab davlatlarni öz ta'sir doirasida uşlab turgan SSSR Los-Anjyeles olimpiadasini boykot qilişda muvaffaqiyatsizlikka duç keladi. Los-Anjyeles olimpiadasiga sanoqli davlatlar, aniqroği 13ta davlat SSSRning «yuz xotiri» uçun boykot qiladi.
Sotsialistik davlatlar Xitoy, Yugoslaviya va Ruminiya SSSRni öylab ötirmaydi va Los-Anjyeles olimpiadasida qatnaşadi. Taqqoslaş uçun Moskva olimpiadasida 80 davlat qatnaşgan va uni 65 davlat boykot qilgan bölsa, Los-Anjyeles olimpiadasida 140 davlat qatnaşadi.
Olimpiada öyinlaridagi boykotlar tarixi
Olimpiada öyinlari tarixidagi boykotlar ilk marta 1956 yilda ötkazilgan Melburn olimpiadasida sodir böladi. Avstraliyadagi yirik şaharda ötkazilgan olimpiadani Misr, Livan va Kambodja davlatlari Suvayş kanali tegrasida Isroil bilan sodir bölgan qurolli mojaro tufayli boykot qiladi. Niderlandiya, Ispaniya va Şveytsariya SSSRning Vengriyaga bostirib kirganiga norozilik sifatida Melburn olimpiadasini boykot qiladi. Xitoy esa bu musobaqaga Tayvanni ham taklif etişgani uçun hududiy da'volar tufayli boykot qiladi.
Navbatdagi boykot 1964 yilda ötkazilgan Tokio olimpiadasida sodir böladi. Indoneziya, Şimoliy Koreya va Janubiy Afrika Respublikasi XOQning siyosiy sanksiyalarga aralaşgani tufayli Tokio olimpiadasiga boykot e'lon qilişadi.
1976 yilda olimpiada öyinlari Kanadaning Monreal şahrida ötkaziladi. Bu olimpiadani Afrika qit'asidagi 26 davlat boykot qiladi. Öşa paytda qora tanli aholini kamsitgani uçun JAR davlati barça xalqaro sport musobaqalaridan çetlatilgan edi. Regbi böyiça Yangi Zelandiya milliy jamoasi xalqaro taqiqqa qaramay, JAR milliy jamoasi bilan özaro öyin ötkazadi. Xalqaro taqiqni buzgan Yangi Zelandiya sportçilari XOQ tomonidan olimpiada öyinlaridan çetlatilmagani uçun Afrikaning 26 davlati Monreal olimpiadasida iştirok etişdan boş tortadi. Los-Anjyeles olimpiadasining boykot qilinişi olimpiada tarixidagi jiddiy boykotlarning sönggisi böldi. Moskva olimpiadasidagi boykot esa Olimpiada öyinlari tarixidagi eng keng kölamdagisi bölib qoldi.