Hokim yiğiliş davomida viloyatda karantin davrida olib borilayotgan amaliy işlar haqida ma'lumot berib, tibbiyot tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça öz fikrlarini bildirdi.
Şuhrat Abdurahmonov Karantin paytida viloyat hududidagi dorixonalarda birinçi navbatdagi dori-darmonlardan tanqislik bölmasligiga alohida töxtalib ötdi.
https://ok.ru/videoembed/1588627180223
«Soğliqni saqlaş tizimi mutaxassislarining koronavirus bilan boğliq kasalliklarni davolaş uçun talab etiladigan röyxatga 49 turdagi dori-darmon va tibbiyot jihozlari kiritilgan. Şundan 32tasi – dori-darmon.
Viloyat hokimi sifatida andijonliklarga aytaman: «Andijonda bugun mana şu virus bilan boğliq 49 turdagi dori-darmonlar böyiça heç qanday muammo, yetişmovçilik yöq.
OAVdan iltimos qilaman, joylarda dorilarning turganini xalqimizga körsatinglar. Yonimda olib yurgan mana bu kalit öşa 49 xil dori-darmonlarning uç oylik zaxirasiga (omboriga) tegişli.
Odamlarning, «Dori-darmon yetişmay qoladimikin?», degan şov-şuvlari örinsiz. Men barçani mana şunday oğir kunlarda bir bölib, hamjihat bölib işlaşni çaqiraman», – dedi Şuhrat Abdurahmonov.
Eslatib ötamiz, joylarda dori-darmonlar zaxirasi bölişi şartligi haqida prezident Şavkat Mirziyoyev 14 iyuldagi videoselektorda topşiriq bergan edi.
«Törtta sektor alohida öz hududi böyiça dori-darmonning zaxirasini, har bir viloyat, özi öziga yaratadi. Zaxira uç oylik bölişi kerak. Bunga qança mablağ kerak bölsa beramiz, lekin bironta aptekada dori-darmon vositalari qimmatlaşsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi. Mana şuni qattiq nazoratga olişlaring kerak», – degandi davlat rahbari.







