Samarqand şahrining ba'zi köçalarida içimlik suvi ta'minotini yanada yaxşilaş uçun tarmoqlarda rekonstruksiya işlari olib boriladi. Bu haqda Samarqand şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, ta'mirlaş işlarini olib boriş uçun şaharning asosiy qismiga içimlik suvi yetkazib beradigan markaziy «Çöpon ota» suv inşooti vaqtinça suv ta'minotini töxtatadi.

Ta'mirlaş işlari Usta Umar Jöraqulov, Afrosiyob, Ibn Sino va Dahbed köçalaridan ötuvçi tarmoqlarda amalga oşiriladi. Şu bois 19 iyul soat 23:00dan 21 iyul 23:00gaça «Çöpon ota» suv inşooti vaqtinça öçirib turiladi. Oqibatda Siyob va Boğişamol hududlarida töliq, Temir yöl hududining bir qismi, Söğdiyona maskani, Mikrarayon A-B va Amir Temur turar joy mavzelarida va Amir Temur mavzesining Samarqand tumani bilan çegaradoş hududlarida 19 iyul 23:00dan 21 iyul 23:00gaça içimlik suvi ta'minoti töxtatiladi.

Xabarga aynan qaysi mahallalarda suv öçişi haqidagi röyxat ilova qilingan.