Le Parisien xabariga köra, tez orada mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Olive Veran niqob taqiş majburiy bölgan jamoat joylarining aniq röyxatini taqdim qiladi. Vazirlik mutaxassislari bu qoidani savdo markazlari, yopiq bozorlar, muzeylar, banklar, yopiq turdagi avtomobil turar joylarida joriy qilişni taklif etişgan. 

Hozirgi vaqtda bunday jarima jamoat transportida niqob taqmaganlar uçun joriy qilingan. Boşqa holatlarda niqob taqiş tavsiyaviy xarakterga ega.

Avvalroq Fransiya boş vaziri Jan Kasteks keyingi haftadan boşlab yopiq turdagi jamoat joylarida niqob taqiş majburiy qilinişi haqida Senatda bayonot bergan edi. Bunga taalluqli Dekret qabul qilinganidan söng, yopiq turdagi jamoat joylarida qöqqisdan reydlar ötkaziladi.

Sönggi vaqtlarda Fransiyada Covid-19 bilan xastalangan bemorlar soni keskin darajada oşib ketdi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, koronavirus yuqtirib olganlar soni 174 mingga yaqinlaşgan. Ulardan 105 ming nafari şifoxonalarga yotqizilgan, 30 mingdan ortiği vafot etgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda jamoat joylarida niqobsiz böliş bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça (1115000 söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.