Ijaraga olingan davlat mulki obektini xususiylaştiriş natijasida sotib olgan ijaraga oluvçining oxirgi bir yarim yil davomidagi ijara uçun ayrim xarajatlari hisoblanadi (425-son VMQ).

Hisoblaş miqdori xususiylaştiriş usuliga boğliq:

olinayotgan mulkning xarid qiymatini tölagan holda – xarid qiymatining umumiy narxidan 25 foizdan oşmagan miqdorda;

«nol» xarid qiymati böyiça – xarajatlar investitsiya majburiyatlari miqdoriga nisbatan töliq hisoblanadi.  
 
Norma’ning yozişiça, ijaraga oluvçi tomonidan oxirgi 18 oy davomida ijara obektida joylaşgan bino va inşootlarning, boşqa asosiy vositalarning modernizatsiyasiga va kapital ta'mirlaş uçun amalga oşirilgan, uşbu obektda yangi iş joylarini yaratişga xizmat qilgan xarajatlar haqida söz bormoqda. Bunda balansda saqlovçiga ajratiladigan ijara tölovi miqdorini pasaytiriş hisobiga qoplangan xarajatlar çegiriladi.
 
Hisoblaşdan foydalaniş uçun Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etiş lozim:

auditorlik va baholaş taşkilotlari, Quriliş vazirligining tegişli xizmatlari xulosalari;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tegişli tuman bölinmasining ma'lumoti.  
 
Davlat mulki obektlarini tanlov savdolarida va töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş yöli bilan sotişda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilaş, şuningdek davlat mulki obektlarining oldi-sotdi şartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilişini nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizomga tegişli qöşimçalar kiritildi.
 
Hujjat 7.07.2020 yildan kuçga kirgan.