Tailand 2019 yilda 39 milliondan ortiq turist qabul qilgan, Xitoyda koronavirus tarqala boşlagan yil boşida esa Tailandda kurort mavsumi avjida edi. Tailand Xitoydan keyin koronavirus yuqtiriş holati aniqlangan birinçi mamlakat böldi. Ammo Xitoy, AQŞ va Yevropadan doimiy odamlar oqimi bölişiga qaramasdan, Tailand Italiyaning boşiga tuşgan falokatdan omon qoldi — mamlakatda şu kungaça 3250ta koronavirus yuqtiriş holati qayd etilgan va 58 kişi vafot etgan. Mamlakat içida yetti haftadan buyon virus yuqtiriş qayd etilmadi.
«Tailand nimani töğri bajarayotganini heç kim bilmaydi, ammo bu hozirça iş beryapti», — deb yozadi The New York Times va mamlakatga infeksiyaga qarşi kuraşda yordam berayotgan sabablarni sanab ötadi.
«Hududiy immunitet» va madaniyat. Koronavirus yuqtiriş holatlari kamligi böyiça Tailandning qöşnilari — Vetnam (383ta holat, ölim holatlari yöq va uç oydan buyon mamlakat içida virus yuqtiriş holati qayd etilmagan), Myanma (341ta holat, 4 ölim), Kamboja (171ta holat, ölimlar yöq), Laos (19ta holat, ölim yuz bermagan) va Xitoyning Yunnan provinsiyasi (190ga yaqin holat) ajralib turadi.
Bunday «hududiy immunitet»ning sababi nimada deb savol beradi NYT: balki ularning immun tizimida qandaydir irsiy birikma bordir? Tailand koronavirusga qarşi kuraş böyiça ştabi vakili bunday deb öylamaydi. «Men gap faqat immunitetda yoki irsiyatda deb öylamayman. Buning sababi madaniyat bölsa kerak. Tailandliklarda qöl berib söraşiş odati yöq. Bu yerda qöllarini köksiga çaliştirib boş egib salomlaşişadi», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Bangkokdagi Çulalongkorn universiteti ekspertining sözlariga köra esa, u Tailanddagi hududlardan birida koronavirus tarqalişini örgangan va kasallik tasdiqlangan bemorlarning 90 foizdan ortiğida kasallik alomatlari yöqligini aniqlagan. Uning aytişiça, tailandliklar va ularning qöşnilari boşqa mamlakatlardagilarga nisbatan denge bezgagiga oson çalinadi.
Niqoblar. Tailandda kasallik yuqtiriş darajasining pastligiga mamlakat birinçilardan bölib niqob taqiş talabini joriy etgani ham sabab bölişi mumkin deb qayd etadi gazeta. Bundan taşqari, tailandliklar aksariyat vaqtini köçada, oçiq havoda ötkazadi.
Test oliş darajasining pastligi. Mamlakatda test oliş darajasi past, şu bois kasallanganlarning bir qismi statistikaga kiritilmagan, deya qayd etadi gazeta.










