Lutskda avtobusni garovga olgan shaxs ushlandi. U uzoq muddatga qamalishi aytildi
Ukrainaning Lutsk shahrida yo‘lovchi avtobusini ichidagi odamlari bilan garovga olgan shaxs qo‘lga olindi. Garovdagilarni ozod qilish jarayoni qanday kechganining videosi voqea joyidagi OAV xodimlari tomonidan e'lon qilindi.
1975 yil Rossiyaning Orenburg viloyatida tug‘ilgan Maksim Krivosh ismli shaxs maxsus kuchlar uni o‘rab olgach, taslim bo‘lgan. Avval tankda, keyinroq mikroavtobusda ikki guruh maxsus xizmat askarlari avtobusga yaqinlashib, garovdagilarni ozod qilgan va ularni garovga olgan Maksim Krivoshni zararsizlantirgan.
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov tvitterdagi sahifasida Krivosh qo‘lga olingani va asfaltga yotqizilgani tasvirlangan suratlarni joylab «Lutsk. Hamma omon», deb yozdi.
Avakov voqea joyida OAV uchun intervyu ham berdi: «Nima ham derdik, bu uzoq yil qamoqda o‘tirgan kriminal olam vakili. Ularning o‘zicha da'volari bor, har xil gaplarni gapirishadi. Boshqa vaziyatda maxsus kuchlar yomonroq holatga tayyor bo‘lgan holda ishlagan bo‘lardi, shukrki hammasi yaxshi bo‘ldi. Uni uzoq yillik qamoq jazo kutmoqda».
Avakov ushbu jinoyatchi prezident Vladimir Zelenskiy bilan gaplashib, unga «Yerliklar» filmini ko‘rishini aytgani haqida ham gapirdi: «Bitta kinoni ko‘rishni tavsiya qilish uchun bunaqa butun mamlakatni oyoqqi turg‘izish kerak emasdi. Bu shundog‘am yaxshi film», dedi vazir.
Muzokaralar vaqtida Zelenskiy feysbukdagi sahifasida filmni ko‘rgani haqida video joylagandi, jinoyatchi qo‘lga olingach post o‘chirib yuborildi. Garovga olingan avtubusda 13 kishi borligi aytilgandi. Ularning 3 nafari oldinroq, qolganlar qo‘lga olish operatsiyasi davomida ozod etildi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024