«Men hech narsa va'da qilmayman, 25 yildan beri va'da berib kelayotganlar bor». Lukashenkoning raqibi davlat televideniyesida chiqish qildi
Saylovda qatnashishdan mahrum bo‘lgan ikki nomzod - Viktor Babariko va Valeriy Tsepkaloning shtablari Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Belarus prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan Svetlana Tixanovskaya 21 iyul kuni mamlakat televideniyesi orqali saylovoldi dasturi bilan chiqish qildi. U nima uchun saylovda ishtirok etmoqchi ekanligi, mamlakat muammolar girdobida qolganligi va xalq va'dalardan charchaganligini aytdi.

“Erim Belarus uchun yaxshi hayotni istaganligi sababli tergov izolyatorida o‘tiribdi. Hukumat odatdagi uslubi bo‘yicha harakat qildi va shu bilan hammasi tugaydi deb o‘yladi — ammo ular hammasi endi boshlanayotganligini tushunishmadi.
Hukumat Babariko va Tsepkaloni ro‘yxatga olmadi, chunki ularni xatar deb bilishadi — ammo xatar ularda emas, ezilib yashashdan to‘ygan xalqda. Erim hukumat uchun qulay holatda uxlab yotgan belaruslarni uyg‘otdi”, dedi u.
Tixanovskaya xalqqa hech qanday va'da bermasligini aytdi.
“Men hech narsani va'da qilmayman, chunki buning uchun boshqalar bor — ular sizlarga 25 yildan beri va'da berib kelishyapti. Sizlarga Lukashenkoni juda kam odam qo‘llab-quvvatlashini, militsiya ko‘chada tinchgina aylanib yurganlarni ushlayotganini, aholining katta qismi qashshoqlikda yashayotganini, koronavirusdan aytilayotganiga nisbatan ko‘proq odam o‘layotganini, muqobil nomzodlarni qamab qo‘yishganini televizorda ko‘rsatishmayapti.
Men hokimiyat uchun kelmadim. Agar g‘alaba qozonsam — yarim yil ichida barcha nomzodlar ishtirokida yangi halol saylovlar tashkil etaman. Yigirma yil ichida birinchi marta biz g‘alaba qozonishimiz uchun yetarli kuchga ega bo‘ldik. Bizda ikkita yo‘l bor — va'dalarni eshitishda davom etish yoki yangi Belarusni o‘z qo‘llarimiz bilan qurish. Men o‘zimiz munosib bo‘lgan hayotni istaydigan va qura oladigan oddiy inson, ayol va onaman”, dedi u.
Svetlana Tixanovskaya – taniqli siyosiy bloger Sergey Tixanovskiyning xotini. Tixanovskiy prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, ammo may oxirida hibsga olingan, markaziy saylov komissiyasi uning hujjatlarini qabul qilmagandi.
Shundan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlash uchun Svetlana Tixanovskaya saylovda qatnashishga qaror qildi va yetarli imzo yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
19 iyul kuni u farzandlari mamlakatdan olib chiqib ketilgani va xavfsiz joyda ekanliklarini aytdi. Tixanovskaya avvalroq o‘zini hibsga olish, farzandlarini esa olib qo‘yish bilan tahdid qilinayotganini aytgandi.
Yakshanba kuni Minskda Svetlana Tixanovskayaning ilk yirik mitingi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovda qatnashishdan mahrum bo‘lgan ikki nomzod - Viktor Babarikoning shtabi rahbari Mariya Kolesnikova va Valeriy Tsepkaloning rafiqasi Veronika Tsepkalo ishtirok etdi. O‘tgan hafta oxirida Tsepkalo va Babarikoning shtabi Tixanovskayaning nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgandi.
Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
-
Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
Jahon | 21:27
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

09:33 / 12.12.2024
YeI diplomatiyasi rahbari Tixanovskaya bilan uchrashdi

13:20 / 27.11.2023
Tixanovskaya Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

11:58 / 08.11.2023