Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boşqarmasi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, viloyat SEOM mansabdor şaxslari «T.D.F» MÇJ bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, 326,4 mln söm bölgan «gipoxlorid kalsiy 65%» dezinfeksiyalovçi vositasini 485,7 mln sömga, ya'ni örtaça bozor narxidan 159,3 mln sömga qimmat narxda sotib olib, juda köp miqdordagi budjet mablağlarini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda
Holat yuzasidan markaz mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, bu SEO markazlarga ajratilgan pullarning talon-toroj qilinişi bilan boğliq birinçi holat emas. Avvalroq Qaşqadaryo viloyat SEOMda 917,8 million söm, Namangan viloyat SEOMda 248,9 mln söm, Navoiy viloyat SEOMda 222,3 mln söm, Buxoro viloyat SEOMda 204,6 mln söm mablağ talon-toroj bölgani aniqlangan edi.
Bu holatlarning barçasi dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan qimmat narxlarda xarid qiliş bilan boğliq.
Budjet mablağlari sarflanişida qonunbuziliş holatlari keskin köpaygani ma'lum böldi







