Asus kompaniyasi ROG Phone 3 öyin smartfonini taqdim etdi, deb xabar bermoqda GSMArena naşri.
Qurilma 6,59 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bölib, ekran ölçami 2340 x 1080 pikselga teng. Smartfonga Snapdragon 865+ çipi va 16 gigabayt operativ xotira örnatilgan, şu bois u dunyodagi eng kuçli smartfonlardan biri hisoblanadi. Uning içki xotirasi 512 gigabaytni taşkil etadi.
Qurilmaning orqa qismida 8K şaklida video suratga oliş imkonini beruvçi 64, 13 va 5 megapikselli uçta kamera joylaşgan. ROG Phone 3 6000 milliamper-soatga teng akkumulyatorga ega.
ROG Phone 3 smartfoniga maxsus öyin aksessuarlarini ulaş mumkin.
Mazkur devaysning bahosi 8 gigabaytli versiyasi uçun 800, top-modeli uçun esa 1100 yevro deb belgilangan.












