AQŞ Hyustondagi konsullikni yopiş uçun Xitoyga 72 soat vaqt bergan. Aks holda prezident Tramp Xitoy foydasiga josuslik qilişda ayblanayotgan konsullikka qarşi qöşimça çoralar qöllanilişi mumkinligini bildirgan.
«AQŞning intellektual mulki va mahfiy ma'lumotlarini himoya qiliş uçun Xitoyning Hyustondagi boş konsulligini yopiş töğrisida buyruq berildi», dedi AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortagus çorşanba kuni ötkazilgan matbuot anjumanida.
Uşbu matbuot anjumanida qatnaşgan Donald Tramp Xitoyning nafaqat Hyustondagi, balki AQŞdagi boşqa vakolatxonalarini yopiş ham «qiyin iş emasligini» ta'kidlagan: «Biz Hyustondagi konsullikni yopişga qaror qilganimizda u yerda yonğin sodir bölayotgan edi. Aftidan ular muhim hujjatlarni yoki qoğozlarni yoqişdi va menga u yerda nima bölganini biliş qiziq», degan Tramp.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili ma'lum qilişiça, Hyustondagi konsullik odatdagidek işlayapti. Şuningdek, konsullik tahdidli xabarlar olgan: «Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi AQŞ hukumati tomonidan ilgari surilayotgan tuhmat va nafrat ayblovlari tufayli portlatib yuboriliş va ölim tahdidi yozilgan xabar olgan. AQŞ Xitoyning Hyustondagi konsulligini yopiş haqidagi qarorini bekor qilişi kerak. Aks holda Xitoy bunga qarşi munosib javob beradi», deb yozgan Xitoy TIV vakili Xua Çunin tvitterdagi sahifasida.













