Hujjatga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida:
Oliy sud apparati rahbari lavozimi;
Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi;
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etiladi.
Oliy sud apparati rahbariga Oliy sud boshqarmalari faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi hamda u Oliy sud Plenumiga hisobdor bo‘ladi. Oliy sud apparati rahbari Oliy sud raisining taqdimnomasiga asosan Oliy sud Plenumi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sud amaliyoti muammolarini o‘rganish markazi tugatiladi.
Sud amaliyoti muammolarini o‘rganish markazini tugatish hisobidan bo‘shayotgan 9ta shtat birligi Oliy sud tizimida tashkil etilayotgan Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi.










