2020 yil 24 iyulda Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi va “Özçarmsanoat” uyuşmasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolaşdan közlangan asosiy maqsad, elektron tijoratning zamonaviy usullari va mexanizmlaridan foydalangan holda mahalliy çarm-poyabzal mahsulotlarning eksport hajmini oşiriş va taşqi savdo geografiyasini kengaytirişdir.
Hujjatda özaro iqtisodiy munosabatlarni örnatiş va rivojlantiriş, çarm mahsulotlarini içki va taşqi bozorlarga olib çiqiş böyiça tizimli işlarni taşkillaştiriş, ularni sotuvçisi va xaridorlari uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş, sohada marketing tadqiqotlarini ötkaziş, hamda eksportni rağbatlantirişda samarali hamkorlikni yölga qöyiş nazarda tutilgan.
Közda tutilgan reja va işlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi tomonidan “Özçarmsanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi korxonalar uçun alohida ixtisoslaştirilgan elektron savdo platformasini işlab çiqilmoqda.
Yangi savdo tizimida elektron tijoratning barça afzalliklari öz aksini topadi. Xususan, elektron savdolar şaffoflik va oçiqlik tamoyillari asosida barça savdo iştirokçilar uçun teng imkoniyatlar ta'minlangan holda onlayn-auksion şaklida ötkaziladi. Şuningdek, tizimda birjada tuzilgan bitimlarni bajarilişini hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlaş mexanizmi ham qöllaniladi. Bu öz navbatida savdo iştirokçilarining özaro işonçini ta'minlaydi va tomonlarning şartnomaviy intizomini mustahkamlaydi.
Çarm-poyabzal mahsulotlarini yangi zamonaviy uslubda sotilişi uning xaridorlari sonini köpayişi hamda mahsulotning yetkazib berişning zamonaviy logistik zanjirini yaratiş imkonini ham beradi.
Şuningdek, hamkorlik doirasida elektron savdolarning potensial iştirokçilarini izlaş va jalb qiliş, ularning bilim va malakalarini oşiriş, şu jumladan birgalikda konferensiya va ta'lim seminarlarini ötkaziş ham rejalaştirilgan.
“ÖzRTXB” AJ PR bölimi












