AQŞ Harbiy havo kuçlarining F-15 qiruvçi samolyoti Eron yölovçi samolyotini xalqaro me'yorlarga muvofiq 1 km uzoqlikda kuzatib bordi, deyiladi AQŞ markaziy qömondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati xabarida.

«F-15 qiruvçi samolyoti Suriyadagi koalitsiya harakat qiluvçi At-Tanf garnizoni osmonida oddiy havo missiyasini bajardi va Mahan Air avialaynerini taxminan 1000 metrlik xavfsiz masofadan közdan keçirdi. Bu At-Tanf garnizonidagi xodimlarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida amalga oşirildi», — deyiladi qömondonlik bayonotida.

Qayd qilinişiça, F-15 uçuvçisi samolyotning Mahan Air aviakompaniyasiga tegişli yölovçi layner ekaniga işonç hosil qilganidan söng, xavfsiz masofaga uzoqlaşgan.

AQŞ qömondonligi «közdan keçiriş jarayoni xalqaro me'yorlar doirasida professional darajada olib borilgani»ni ta'kidladi.