Davlat rahbari sözlariga köra, dori vositasi ajoyib ta'sirga ega, şu tufayli prezident ma'muriyati uning zaxiralari ustidan nazoratni ta'minladi. 

OAV xabarlariga qaraganda, AQŞ remdesivirning 3 oylik zaxirasini şakllantirgan. Natijada, boşqa mamlakatlar yaqin vaqt içida bu dorini yetarli darajada sotib ololmaydi.

Remdesivir köplab mamlakatlarda, jumladan AQŞ, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Isroil, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolaşda rasman ma'qullangan. Dori dastlab gepatit S va boşqa kasalliklarni davolaş uçun möljallangan edi.

Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan koronavirusga qarşi yagona umidli dori vositasi sifatida remdesivirni aytgan edi. Uning sözlariga köra, bu dori bemorlarni şifoxonaga yotqiziş holatlarini kamaytiradi.

May oyida AQŞ Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti olimlari remdesivir dorisi koronavirus yuqtirib olgan bemorlarning soğayişini tezlaştirayotganini isbotlaşdi.

Klinik sinovlarda 1063 nafar bemor iştirok etdi. Tomiriga remdesivir yuborilgan bemorlar tezroq soğayib ketişdi. Ölim holatlari ham ança kamayib, sinov guruhida 7,1 foizni taşkil qildi.