Belarus prezidentligiga öz nomzodini ilgari surgan Valeriy Tsepkalo mamlakatni tark etdi. U «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida özining hibsga olinişi mumkinligi haqida ma'lumotga ega bölganidan söng ketişga qaror qilganini aytdi.

Tsepkaloning ma'lum qilişiça, u bilan birga ikki farzandi ham Rossiyaga ketgan. Turmuş örtoği Veronika esa Minskda qolgan, u prezidentlikka nomzodi röyxatga olingan Svetlana Tixanovskaya ştabida işlamoqda.

Öz navbatida Veronika Tsepkalo nafaqat erining hibsga olinişi, balki ular farzandlariga nisbatan ota-onalik huquqidan ham mahrum qilinişi mumkinligi haqida ma'lumotga ega ekanligini aytgan. U eri hozir Moskvada ekanligini ma'lum qilgan.

29 iyunda Belarus IIV Turkiya fuqarosining arizasiga köra Valeriy Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar suriştiruv olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

14 iyulda Belarus MSK Valeriy Tsepkalo va Viktor Babarikoning nomzodini röyxatga olişni rad etdi. Ular amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenkoning jiddiy raqiblari deb hisoblanayotgandi. 

 Belarusda prezident saylovi 9 avgustda bölib ötadi.