Bugun, 25 iyul kuni tongda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Zafarjon Akramov 38 yoşida koronavirusdan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Agentlik rasmiy xabarida esa marhum vafot sababiga aniqlik kiritilmadi.

Kun.uz muxbiri vaziyatni aniqlaştiriş uçun DXA Surxondaryo viloyat boşqarmasi matbuot xizmati rahbari bilan boğlandi. Boşqarma vakilining ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlardagi miş-mişlar asossiz. Akramovni yurak xastaligi va buyrak yetişmovçiligi bezovta qilib kelgan. Bemorning vafot etişiga esa yurak xastaligi sabab bölgan.

Ma'lum qilinişiça, marhum avval prokuratura tizimida faoliyat yuritgan, 2018 yilning mart oyidan buyon DXAning Surxondaryodagi boşqarmasini boşqarib kelayotgan edi.