19 iyuldan boşlab jonli efirga uzatib kelinayotgan «Tez yordam» loyihasi mualliflaridan biri, dastur boşlovçisi Komil Allamjonov körsatuvga taklif etilgan mutaxassislar kömagida koronavirusning yengil şaklini boşdan keçirayotgan bemorlar uçun umumiy tavsiyalar röyxatini tuzib çiqdi.
https://ok.ru/videoembed/1599526668991
Unga köra, quyidagi toifa kişilar özlarida koronavirus alomatlarini sezsa, zudlik bilan şifokorga murojaat qilişlari va öz salomatlariga jiddiy e'tibor berişlari lozim:
- qandli diabeti bor kişilar;
- autoimmun kasalliklarga çalingan bemorlar;
- yurak-qon tomir xastaligi bor kişilar;
- yoşi 55-60dan oşgan insonlar;
- metabolik sindromga ega insonlar.
Şifokorlarning sözlariga köra, kasallikning yengil va örta oğir şakllarida nafas qisişi kuzatilmaydi, simptomlar faqat isitma, holsizlik, tomoq va muşaklar oğriği, hid va ta'm sezgisining yöqolişi bilan çeklanadi. Bunday holatda yuqorida sanab ötilgan xavf guruhiga kirmaydigan bemorlar uyda davolanişlari mumkin.
Ular quyidagi tavsiyalarga amal qilişlari maqsadga muvofiq:
- Köp suyuqlik iste'mol qiliş (kuniga 3 litr);
- D va C vitaminlari, mikroelementlardan esa rux (sink) qabul qiliş;
- harorat 38dan yuqori bölganda isitma tuşiruvçi dori (paratsetamol) içiş;
- simptomatik çoralar: tomoqni çayiş, burun bitganda foyda beruvçi vositalar.
Mutaxassislarning aytişiça, kasallikni yengil va örta oğir şaklda boşdan keçirayotgan va xavf guruhidan taşqaridagi bemorlar uy şaroitida turli dori-darmonlardan «kapelnitsa» oliş va kuçli ta'sirga ega dorilar (antibiotiklar, immunomodulyatorlar va h.k.) qabul qilişdan özlarini tiyişlari lozim.
«Uy şaroitida heç qanaqa «kapelnitsa» qilinmasligi kerak», – ta'kidladi immunolog-infeksionist Aziza Xöjayeva.
«Qöşimça qilişni xohlardimki, yerqalampir (xren) damlamasi, sarimsoq piyoz kabi foydali mahsulotlarni ham me'yorida iste'mol qiliş lozim. Ularning ortiqçasi oşqozon-içak muammolariga olib kelişi, bu esa bemor ahvolini oğirlaştirişi mumkin», – dedi Virusologiya instituti ilmiy xodimi Ra'no Qosimova.












