Respublikadagi tumanlar hokimliklari matbuot xizmatlari Davlat Toliboyev vafoti munosabati bilan tuman xalqiga va hokimlik jamoasiga ta'ziya bildirgan.
Daulet Tolibayev 1983 yil tuğilgan, Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Köp yillar irrigatsiya sohasida turli taşkilotlarda, jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. U 2019 yil martidan buyon Qonliköl tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.
37 yoşda bölgan Davlat Toliboyevning ölimi sababi hozirça ma'lum emas. Xabarlarda u ham koronavirusdan zararlangan bölgani aytilmoqda.
- Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasida şu vaqtgaça koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 324ta holat qayd etilgan. Soğliqni saqlaş vazirligi statistikasida ikki ölim qayd etilgan, ammo bu hududda koronavirus qurbonlari soni köproq bölişi mumkin.
2020 yil 8 iyulda Nukus şahrida yaşovçi 56 yoşli Z.D. ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgani xabar qilingandi (bu 23 iyul kuni prezident tomonidan «Jasorat» medali berilgan marhum Jumaniyozova Zulfiya Yöldoşevna bölişi mumkin).
22 iyul kuni Nukus şahrida yaşovçi 42 yoşli B.D. ötkir nafas va yurak-qon tomir yetişmovçiligidan vafot etgani ma'lum qilindi. U ham şifokor bölgan.
OAVda Qoraqalpoğiston teleradiokompaniyasi direktori Baxitbek Elmonov va Qoraqalpoğistonning sobiq prokurori Xakimbay Xalimovning vafotiga ham koronavirusdan zararlaniş sabab bölgani aytilgan.








