Toşkentga kelgani uçun sudga çaqirilgan Messidan Rivaldoning qolib ketgan 16 mln yevrosigaça. FIFA aralaşayotgan qarzdorlik qanday paydo bölmoqda?
|19:58 / 25.07.202067 06915 min
Legioner futbolçilarning qarzdorlik masalasida özbek klublari ustidan FIFAga yozayotgan şikoyat xatlari biri yeçimini topmay turib, navbatdagisi kelib tuşmoqda. FIFAning bu safargi arzi «Navbahor» klubi manzili tomon jönatilgan bölib, rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkov tomonidan talab qilinayotgan mablağ ança katta – yarim million dollarni taşkil etadi. Biroq bu özbek futbolida xorijliklar tomonidan talab qilingan eng katta qarzdorlik holati emas. Tribuna.uz xorijlik legionerlarning özbek klublari ustidan FIFA, Yevropa sudlariga kiritgan muammolarini yodga olib, moliyaviy mojarolar yakunda qanday yeçim topganiga qiziqdi.
Yillik 8 million yevro maoş olib, 16 million yevro talab qilgan Rivaldo
Faoliyat: Özbek futbolida eng katta pullar aylangan 2008-2010 yillar davomida Toşkentning «Bunyodkor» klubi jahonning taniqli futbolçi va murabbiylarini Özbekistonga çaqirişni odat tusiga aylantirgandi. Öşanda braziliyalik Rivaldo va uning hamyurtlari, Ziko, Skolari singari taniqli murabbiylarning «Bunyodkor»da faoliyat yuritişi, Ronaldu, Messi, EtöO, Inesta, Puyol, Fabregas kabi yulduzlarning Toşkentga kelib ketişi şov-şuvlarga sabab bölgandi. Biroq ikki yil davomidagi misli körilmagan xarajatlarga qaramay, «Bunyodkor»ning xalqaro maydonda yodda qolgan eng yaxşi natijasi Osiyo çempionlar ligasi yarimfinali böldi, xolos.
Qarzdorlik: «Bunyodkor» va özbek futbolidagi şov-şuvlarning moliyaviy ta'minotçisi sanalmiş Özbekistondagi neftegaz sohasidagi yirik kompaniya Zeromax 2010 yilda bankrot deb e'lon qilingaç, muammolar böy çöza boşladi. Xususan, Sportingintelligence’ning yozişiça, «Bunyodkor»da yillik 8 million yevro maoş olgan braziliyalik maşhur futbolçi Rivaldo şartnomasi böyiça klub va homiylardan 16 million yevro talab qilgan.
Şikoyat yakuni: 2010 yilda Toşkent klubini tark etgan Rivaldo dastlab «Bunyodkor» klubi ustidan, keyin esa 6 yil davomida - 2016 yilgaça Şveytsariyada röyxatdan ötgan Zeromax kompaniyasi ustidan bir qator organlarga murojaat qildi, biroq ulkan miqdordagi qarzdorlik holati böyiça 2010 yilda moliyaviy inqirozga uçragan Zeromax’dan aytarli mablağ undirişning imkoni bölmadi.
Skolari va braziliyalik futbolçilarning undirilmagan millionlari
Mavzuga oid
Faoliyat: Londonning «Çelsi» klubidan keyin «Bunyodkor» boş murabbiyiga aylanib, Özbekistonda bir yil ham işlay olmagan Luiş Skolari 2010 yilning may oyida Toşkent jamoasini tark etdi. Bild’ naşrining qayd etişiça, braziliyalik taniqli murabbiy Özbekistondagi 11 oylik faoliyati uçun 13 million yevro haq olib, jahonning eng köp maoş oluvçi murabbiyiga aylanişi lozim edi.
Qarzdorlik: Zeromax’ning moliyaviy muammolari sababli Skolari va klubdagi qolgan braziliyalik futbolçilar oylik maoşlarini undirib beriş uçun Şveytsariyada röyxatda ötgan kompaniyani sudga berişdi.
Jumladan, braziliyalik hujumçi Denilson klubdan ololmagan 848 ming dollar, yarimhimoyaçi Ramos 358 ming AQŞ dollari miqdoridagi maoşlarini talab qilgan bölişsa, braziliyalik tarjimon va fizioterapevt jami 77 ming dollar haqlarini söraşgan. Bundan taşqari, Braziliyaning «Moji Mirim» klubi (Rivaldoga tegişli) «Bunyodkor»ga körsatgan bir qator xizmatlari uçun 1,5 million dollar miqdoridagi mablağni undirib beriş talabi bilan murojaat qilgan.
Şikoyat yakuni: Rivaldoning murojaati singari Skolari va qolgan braziliyalik futbolçilarning Zeromax ustidan da'vo arzlari Şveytsariya sudi tomonidan qariyb uç yil davomida körib çiqilgan bölsa-da, ular ham aslida «Bunyodkor» klubi emas, homiy taşkilot sanalmiş Zeromax bilan şartnoma tuzilgani bois qolgan mablağlarini undira olişmadi.
Toşkentga taşrifi uçun sudga çaqirilgan Messi va «Barselona» futbolçilari
Faoliyat: Özbekistondan köra, Turkiya va Ispaniyada ovoza bölgan bu iş futbolçining emas, futbol agentining da'vosidan keyin oçilgan. 2011 yilda turkiyalik futbol funksioneri Bayram Tutumlu «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta va «Bunyodkor» klubi homiysi ustidan Ispaniya sudiga murojaat qilgan. Uning sud işida keltirişiça, Tutumlu «Bunyodkor» rahbariyati va «Barselona» prezidenti Joan Laporta örtasida özaro aloqa örnatilişida yordam bergani, qolaversa Laporta orqali «Bunyodkor»ning «Kamp Nou»da «Barselona»ga qarşi örtoqlik uçraşuvini taşkil qilgani, «Barsa» yulduzlarining Özbekistonga borişida iştirok etgani uçun tomonlarni kelişilgan komission mablağlarni tölamaganlikda ayblagandi.
Bayram Tutumluning advokati Pep Oriolaning da'vosida qayd etilişiça, asosiy xarajatlardan taşqari «Barsa» prezidenti Joan Laportaga tegişli «Laporta & Arbos Advocats Associats S. L.» tijoriy firmasiga 2008 yilning 27 iyun kuni Tsyurixdagi «Russian Comercial Bank» orqali özbekistonliklarga tegişli «Zeromax GMBH» kompaniyasi hisob raqamidan 3 million yevro miqdoridagi mablağ «professional xizmatlar uçun» ötkazib berilgan, deyiladi Marca xabarida.
Qarzdorlik: Turkiyalik futbol agenti özbek klubi rahbarlarining Laportaga va'da qilingan 3 million yevroni bergani, biroq uning öziga na Laporta tomonidan komission uluşlar va na özbekistonliklar tomonidan xizmatlari uçun haq tölanganligini aytib, suddan «Laporta & Arbos Advocats Associats S. L.» va «Zeromax GMBH»dan jami 10 million yevro undirib berişni söraydi.
Şikoyat yakuni: 2011 yilning 10 oktabr kuni ötgan sud işida «Barselona»ning öşa paytdagi prezidenti Joan Laporta, şuningdek 2009 yil «Zeromax GMBH» taklifiga köra, Özbekistonga borib kelgani uçun kompaniya tomonidan moliyaviy rağbat olgan «Barselona» futbolçilari Andres Inesta, Karles Puyol, Samuel EtöO, Fabregas va Lionel Messi çaqirilgan. Uzoq davom etgan sud işi «Laporta & Arbos Advocats Associats S. L.» firmasining Tutumluga bor yöği 10 foizlik komission xizmati – 300 ming yevro undirib beriş qarori bilan tugagan.
FIFA tomonidan quyi ligaga ravona qilingan «Şörtan». Qarzdorlik hali ham mavjud
Faoliyat: Ğuzorning «Şörtan» klubi 2009-2016 yillar davomidagi legioner futbolçi va murabbiylar bilan töliq hisob-kitob qilinmagani jabrini haligaça çekmoqda. 2011-12 yilgi mavsumda jamoani boşqargan beloruslik murabbiy Igor Kriuşenko va uning yordamçisi Vitaliy Varvonçikka tölanişi kerak bölgan qarzdorlik töliq yopilmagan. Şuningdek, 2011 yilda «Şörtan» safida OFK kuboklarida töp surgan serbiyalik Uroş Miloslavleviç ham köp yillar klubdan pullarini ololmadi. Öşa mavsumda jamoa şarafini himoya qilgan çernogoriyalik Predrag Vuyoviç ham Ğuzor klubidagi pullarini ololmagaç, FIFAga murojaat qilgan.
Qarzdorlik: Ğuzor jamoasi Igor Kriuşenkodan 95 ming dollar qarzdor bölsa, Varvonçikdan 26 ming dollar, Uroş Miloslavleviçdan 59 ming dollar, Predrag Vuyoviçdan 45 ming dollar miqdorida qarzdorlik holati yiğilgan. FIFA qoidalariga köra, öz vaqtida tölanmagan har qanday summa bir yil davomida 5 foizdan penya hosil qilişi sababli raqamlar yillar davomida ösib boravergan.
Şikoyat yakuni: Xorijlik legioner futbolçi va murabbiylar klub ustidan FIFAga murojaat qilgaç, Ğuzor klubi qarzdorlikni öz vaqtda yopa olmagani sababli jahondagi boş futbol taşkiloti ÖFAdan «Şörtan»dan oçkolarni olib taşlaşni bir neça marta talab qildi, 2017 yil yakunida bu klub hatto quyi ligaga ravona qilingandi. Bu jarima va jazolardan taşqari «Şörtanneftegaz» otaliğidagi klub oxirgi 5 yil içida 10 yil avvalgi qarzlarni uziş bilan ovora. Jumladan, Uroş Miloslavleviçning 59 ming dollar (Dastlab 46 ming AQŞ dollari olgan Uroş Miloslavleviç yana 13 ming talab qilgan), Predrag Vuyoviçdan 29 ming dollar miqdorida qarzdorlik uzilgan bölsa, sobiq boş murabbiy Kriuşenkoga 54 ming dollar, beloruslik darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Varvonçikka 13 ming dollar tölangan. Eng yomoni «Şörtan» klubining FIFA bilan yozişmalarini hali ham töxtatgan emas.
Qiziği, Predrag Vuyoviç 2015 yilda «Andijon»da ham töp surib, pulini ololmagaç, 2019 yilda FIFA orqali penyalar bilan qöşib olgan.
FIFA «Neftçi»ga uçta transfer oynasini yopib qöygan qarzdorlik
Faoliyat: Rossiyalik 29 yoşli hujumçi Vyaçeslav Suşkin Farğona jamoasi safida 2018 yilgi mavsumda faoliyat yuritgan. Biroq öşa mavsumda klub Superligani tark etgaç, futbolçi oldidagi qarzdorlik holati qolib ketgan.
Qarzdorlik: Natijada Vyaçeslav Suşkin bu borada FIFAga arz qilgaç, Farğona klubi uçun ketma-ket uç transfer oynasi yopib qöyilgandi.
Şikoyat yakuni: PFL boş direktori vazifasini bajaruvçi Diyor Imomxöjayevning ma'lum qilişiça, vodiy klubi rossiyalik futbolçi oldidagi qarzdorlik holatini bartaraf etmoqda. Hozirga kelib «Neftçi» qarzdorlikning yarmini yopişga erişgan. Raqamlar ma'lum qilinmagan.
Simonenkodan «Bunyodkor»ga qaytarilgan 400 million söm
Faoliyat: 2014 yil «Bunyodkor» şarafini himoya qilgan ukrainalik legioner Sergey Simonenko yarim yilgina öynagan va 14 ta uçraşuvda iştirok etgan: 1 ta superkubok, 1 ta kubok, 5 ta Oliy liga va 7 ta Çempionlar ligasi. Şu bilan u «Bunyodkor» uçun kerak bölmay qolgan. Şunga qaramay, Sergey 2-davra uçun ham pul undiriş payida bölgan.
Qarzdorlik: SimonenkoUkrainaga qaytgaç, «Bunyodkor» ustidan FIFAga arz qilib, öynamagan yarim yili uçun ham 400 million söm miqdoridagi haqini talab qilgan. FIFA qistoviga qaramay, «Bunyodkor» bu masalani belgilangan muddatda hal qilmagaç, FIFAning buyruği va ÖFA qarori bilan 2018 yilgi Superligada «Bunyodkor»dan 6 oçko olib taşlangan.
Şikoyat yakuni: Oxir-oqibat «Bunyodkor» 2019 yilda aqlli qaror bilan beş yillik işga nuqta qöydi. Klub Simonenkoning bank raqamiga 400 million sömni ötkazgan. Futbolçining özi Ukrainadan kelmay, pulni Özbekistondagi tanişi orqali işonçnoma evaziga olmoqçi bölgan. Biroq klub futbolçining tanişiga ham bu pullar sudga oşirilganligini ma'lum qilgaç, u bu işga aralaşişni istamadi. Yakunda uşbu mablağ sud tomonidan yana klub hisob raqamiga qaytarilgan.
«Navbahor»dan talab qilinayotgan 5 milliard
Faoliyat: Rossiyalik Aleksey Belenkov 2019 yil boşida boş murabbiy Andrey Kançelskisga yordamçi sifatida «Navbahor»da faoliyat yuritgan. Biroq Belenkov bilan 2023 yil 30 noyabrga qadar tuzilgan şartnoma muddatdan avval bekor qilingan hamda klub yordamçi murabbiyga bitim böyiça pullarini tölamagan. Rossiyalik murabbiyning kelişuvni bekor qilişni söragani sababi klub murabbiyning 4 oylik maoşini berişni keçiktirgan. FIFA qoidalariga köra agar klub futbolçi yoki murabbiyning 2 oydan köproq maoşini berişni keçiktirsa şartnomani bekor qiliş borasida murojaat qiliş mumkin. U şu banddan foydalangan.
Qarzdorlik: Murabbiyning vakillari 2020 yilning yanvar oyida «Navbahor» klubiga aloqaga çiqib, 150 ming AQŞ dollari tölaşni va barça masala yopilişini ma'lum qilişgan. Biroq klub bunga könmagan. Qolaversa, iş oçilayotgani yuzasidan «Navbahor» futbol klubi 21 aprel kuni (hamma karantinda vaqti) ogohlantirilgan. FIFA tomonidan yöllangan sönggi xat 20 iyul kuni qabul qilib olingan.
Şikoyat yakuni: Oxir-oqibat bu iş juda qimmatga tuşişi arafasida turibdi. Namangan klubi 30 kun içida Belenkovga 520 ming AQŞ dollari (taxminan 5 milliard 300 million söm) tölaşi şart, aks holda FIFA klubga nisbatan sanksiyalar qöllaydi. Bu transferlarga taqiq qöyiş, oçkolarni olib taşlaş yoki quyi ligaga tuşirib yuboriş körinişida bölişi mumkin. Biroq bu jazolar ham mablağni tölamaslikka sabab böla olmaydi. ÖzPFL mazkur masala yuzasidan «Navbahor» bilan hamkorlik qilişini va FIFA talab qilgan hujjatlarni yuborişga yordam berişini ma'lum qilgan.
«Navbahor»dan yordamçi murabbiy talab qilayotgan pul miqdorini yaxşiroq tasavvur qilişingiz va taqqoslaşingiz uçun 5 milliard 300 million söm – bu Superligaga çiqişni maqsad qilgan Pro liga iştirokçisi, Samarqand viloyatining boş jamoasi «Dinamo» klubining qariyb yillik smetasiga yaqin mablağdir. Endi Namangan viloyati hokimiyati homiyligidagi «Navbahor»ning yillik budjetini tasavvur qilavering...
Xulosa
Afsuski, ötgan 10 yillardan buyon özbek futbolida xorijliklar bilan röy berayotgan mana şunday maş-maşalar klublarimizga dars bölayotgani yöq. Moliyaviy mojarolar yillar davomida jamoalarning oyoğidan tortib qolayotganligini körib turibmiz. Aksariyat klub sobiq rahbarlarining aqlsizlarça yöl qöygan qöpol xatolari öşa jamoa va undan keyingi rahbarlarga dard ustiga çipqon bölmoqda. Eng alamlisi, otni kallasidek pulni talab qilayotgan xorijlik aksariyat murabbiy va futbolçilarni biz maydondagi öyinlari orqali emas, klublarimiz ustidan FIFAga yozilgan bir jildlik şikoyatlaridan keyin tanib olayapmiz. Sababi, saviyasi haminqadar bölgan legionerlarga ham özbek futboli bozorida xaridorlar topilayotganidir. Aslida ayrim klublardagi nohaqliklar faqatgina legionerlarga nisbatan emas, özimizning futbolçilarimizga nisbatan ham qilinadi, farq şundaki qoraközlarimiz va'dalarga işonib andişa qiladi yoki yeçim juda topilmasa, uzoqqa bormay PFLga murojaat qilib qöyişadi.
Eng yomoni esa yuqoridagi muammolar barham topmayotganidir. Yaqinda serbiyalik futbol agenti Igor Petkoviçning «Surxon» klubidagi hamyurtlari Darko Stanoyeviç va Vladimir Bubanyalarning bir neça oylik maoşlarini ololmayotgani haqidagi bayonoti yangradi. Körayapsizmi, FIFA bilan yuqoridagi muammolar sovumay turib, yana bir moliyaviy mojaro ildiz otayotgandek. Bu masala ham vaqtida hal qilinmasa, ertaga FIFAdan navbatdagi köp sonli raqamlardan iborat mablağlarni undirib beriş haqidagi talab kelsa ajab emas...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi