Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus aniqlangan bemorlarni ambulator davolashga ixtisoslashgan «maxsus poliklinikalar» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda koronavirusning yengil shakli bilan uyda davolanayotgan bemorlarni ambulator davolashga ixtisoslashgan «maxsus poliklinikalar» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan mutasaddilarga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni shifoxonaga joylashtirishning aniq va shaffof mezonlarini ishlab chiqish hamda bemorlarni shifoxonaga joylashtirishda ushbu mezonlarga qat'iy amal qilish ustidan aniq topshiriqlar berildi. Bunda, qandli diabet, onkologik, yurak qon-tomir, autoimmunlik kassaliklari, metabolik sindromi mavjud hamda 55 va undan yuqori yoshdagi bemorlarni birinchi navbatda shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi.
Shu maqsadda koronavirus bilan kasallanganlarni davolanish uchun joylashtirish muassasalari zaxirasini tayyorlash hamda fuqarolarni to‘g‘ri taqsimlagan holda joylashtirish maqsadida barcha hududlarda maxsus taqsimlash markazlari faoliyati tashkil etilmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni ambulator davolashga ixtisoslashgan «maxsus poliklinikalar» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish, shuningdek, ularga malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida «maxsus poliklinikalar» va maxsus taqsimlash markazlarining tun-u kun faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.
Shu bilan birga, yirik tadbirkorlik sub'yektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo obektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas'ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etiladi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Uy sharoitida karantinni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatma ham tasdiqlandi.
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda koronavirus infeksiyasi yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir o‘tayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanishi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro‘yxati shakllantirilishi belgilandi.
Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida:
- respublikadagi barcha dorixonalarni zarur dori vositalari bilan ta'minlash hamda dorixonalarda dori vositalarining narxlari barqarorligini ta'minlash;
- koronavirus infeksiyasini davolashga mo‘ljallangan shifoxonalarni kislorod bilan ta'minlangan holda shayligini tayyorlash;
- koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordamni tashkil qilish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyatini jadallashtirish, shuningdek, ta'minot manbayi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali, ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbayi bo‘lmagan, ota-onalaridan biri yoki ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga qonun hujjatlarida to‘lanishi nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilishini ta'minlash va nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026