Alphabet (Google egasi) kompaniyasi va uning bölinmalaridagi deyarli barça – 200 mingga yaqin kişi hamda şartnoma böyiça işlaydigan xodimlar kamida 2021 yil iyulgaça ofisga qaytmaydi. Alphabet rahbari Sundar Piçai ana şunday qaror qabul qildi, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) öz manbasiga tayanib.

Alphabet xodimlari COVID-19 pandemiyasi boşlanganidan söng masofadan işlaşga ötgandi. May oyida xohlovçilar iyun yoki iyulda ofislariga qaytişlari mumkinligi xabar qilingandi. Ammo Piçai masofadan işlaş muddatini uzaytirdi.

«Bu sizlarga kelgusi 12 oy davomida özingiz va yaqinlaringizga ğamxörlik bilan iş örtasidagi muvozanatni muvofiqlaştirişga yordam beradi deb umid qilaman», — degan Piçai Alphabet xodimlariga yöllagan maktubida.

Xodimlarning masofadan işlaşi borasidagi qaror Alphabet kompaniyasining AQŞ, Buyuk Britaniya, Hindiston, Braziliya va boşqa davlatlardagi bölinmalariga tegişli, deya qayd etadi naşr.