Unga köra, ehtiyojmand oilalar 1197 raqami orqali Call markazga murojaat qiladi. Söng Call markazga kelib tuşgan murojaatlar ma'lumotlar bazasiga kiritilib, markazlarga yuboriladi, u yerda murojaat egalari töğrisida ma'lumotni mahalla fuqarolar yiğinlariga jönatiladi. Murojaat egalari ehtiyojmand oilalarning röyxati bilan taqqoslanib, oziq-ovqat yuboriş uçun rozilik bildiradi va MFYda aniqlik kiritilib, murojaat egalariga oziq-ovqat mahsulotlari volontyorlar yordamida yetkazib beriladi.

Call markazlar töğrisida ma'lumotlar (PDF)

Call markazlarga oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta'minlaşga murojaat etiş mumkin bölgan oilalarning röyxati quyidagiça:

ta'minot manbayi bölmagan yolğiz keksalar, nogironligi bölgan, boquvçisidan ajralgan, oğir kasallari bor, köp bolali oilalar;

ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boşqa daromad manbayiga ega bölmagan oilalar;

ota-onasining ikkisini ham yöqotgan, bolalar tarbiyasi bilan qarindoşlari şuğullanayotgan oilalar;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham nogiron bölgan oilalar;

14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan beva ayollar (beva erlar);

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham işsiz bölgan va iş izlovçi sifatida bandlikka kömaklaşiş markazlarida hisobda turgan oilalar;

mehnatga layoqatli a'zolari bölgan, biroq ular heç qayerda işlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtinça mahrum bölgan (mavsumiy işçi, usta, mardikor, sartaroş, çet elda işini yöqotib qaytganlar va h.k.) va zarur yordamga muhtoj oilalar.