Sog‘liqni saqlash vazirligi 28 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilangani haqida ma'lumot berdi.
Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog‘aydi. Shundan 381 nafari Toshkent shahridagi 17ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.
- Toshkent shahrida 381 nafar;
- Toshkent viloyatida 82 nafar;
- Andijonda 41 nafar;
- Sirdaryoda 23 nafar;
- Namanganda 20 nafar;
- Buxoroda 17 nafar;
- Navoiyda 17 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 10 nafar.
«Shunday qilib, yurtimizda 12265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 27 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 569 nafar bemor tuzalgandi.









