Xat mualliflarining fikriça, buni sunʼiy intellekt mazkur himoya vositalarini çetlab öta oladigan darajada qudratli bölguniga qadar amalga oşiriş zarur. Maktubni imzolaganlar orasida Capital One, MasterCard, Visa, Oracle va IBM ham bor.
Xat mualliflari yaqin oylarda sunʼiy intellekt yordamidagi kiberhujumlar yanada köpayişi va murakkablaşişini taʼkidlamoqda. Ularning fikriça, hozirda körilayotgan xavfsizlik çoralari yetarli bölmaydi.
«Kiberxavfsizlikni yaxşilaş uçun vaqtimiz çeklangan», - deb qayd etdi ular. Xususan, maktub mualliflari xavfsizlik tizimlarini SI texnologiyalari yordamida takomillaştirişga çaqirmoqda. Ularning fikriça, hukumatlar kiberxavfsizlikni kuçaytiriş çora-tadbirlarini muvofiqlaştirişi, uşbu sohaga köproq sarmoya kiritişi va öta muhim korxonalarga bunday hujumlardan himoyalaniş uçun SI tizimlaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim etişi lozim.
Sönggi paytlarda sinov paytida SI agentlarining nazoratdan çiqib, boşqa kompaniyalarga buzib kiriş holatlari köpaydi. Xabarlarga köra, OpenAI neyron tarmoği Modal va Hugging Face platformalarini buzib kirgan. Anthropic kompaniyasining Claude modeli esa uçta kompaniyaning maʼlumotlariga noqonuniy kirişga muvaffaq bölgan.












