Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi öz hududiy bölinmalari qoşida taşkil etilgan homiylik xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlarining 14 kunlik (14-27 iyul) faoliyati töğrisida ma'lumotlarni Kun.uz’ga taqdim etdi.
Unga köra, ötgan vaqt davomida şahar va tumanlarda jami 203ta markazlar va Call-markazlar taşkil qilingan hamda ular orqali 194 ming 542 oilaga oilaga yordam körsatilgan.
«Jumladan:
- 96724ta oilaga şakllantirilgan röyxatlar böyiça yordam körsatilgan;
- 49016ta oilaga koronavirus sababli yordam körsatilgan;
- 48802ta oilaga murojaatlar böyiça yordam körsatilgan.
«Tarqatilgan jami oziq-ovqat mahsulotlari uçun 20 mlrd 684 mln 409 ming söm sarflangan», deyiladi ma'lumotda.
Bu borada aholi uçun tarqatilgan zaruriy dori-darmonlar uçun sarflangagan mablağ 267 mln 544 ming sömni taşkil qilgan.
Keltirilgan raqamlardan aholi uçun taşkil qilingan Call-markazlarga qilingan qönğiroqlarning jami hisobi yuritilib borilişini ham köriş mumkin. Unga köra, ötgan ikki haftda davomida markazlarga 81357ta murojaat kelib tuşgan. Ulardan:
- 78808tasi oziq-ovqat böyiça;
- 1030tasi dori-darmon böyiça;
- 1519tasi boşqa masalalar böyiça bölgan.
Vazirlikning öz işonç telefonlariga esa jami bölib 1183ta murojaat yöllangan.
Bundan taşqari, 24 apreldan 27 iyulgaça bölgan tört oy davomida «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobiga 229 079 738 100 söm kelib tuşgan.
Bu mablağlar quyidagi körinişda sarflangan:
- 52 161 021 600 söm kundalik iste'mol tovarlari uçun;
- 8 495 004 200 söm dori vositalari uçun;
- 24 388 185 600 söm boşqa mahsulotlar uçun;
- 77 459 170 300 söm naqd pul körinişida.













