Samarqand şahridagi 210 ta mahallada 4625 ta oilada istiqomat qiluvçi 18824 kişi boşiga 220 ming sömdan 4 milliard 141 million 280 ming söm mablağ tarqatilişi közda tutilgan. Ayni paytda mahallalarning 81 foizidan ziyodiga pullar tarqatib bölingan.

Oiladagi kişi boşiga 220 ming söm hisobidan ajratilayotgan mablağlar şahardagi mahallalarda qanday tarqatilayotganiga qiziqdik.

Muxbirlarimiz şahardagi Masjidi qönğiroqdor va Nurobod mahallalarida bölib, ehtiyojmandlarga bir martalik moddiy yordam pullari 1-sektor kotibi va bank xodimi tomonidan «temir daftar» röyxati böyiça tarqatib berilayotganiga guvoh bölişdi.

«Xöjayinim betob. Yordam pulini u kişining nomidan özim kelib oldim. Prezidentimiz xalqqa yordam beringlar deb topşiriq bergan edi. Mana, yordam bizgaça yetib keldi, rahmat. Bu koronavirus balosidan soğ-salomat qutulib çiqaylik. Hammani Xudo öz panohida asrasin», — deydi «Masjidi Qönğiroqdor» mahallasida istiqomat qiluvçi Munira Şaripova.

«Qurbon hayiti arafasida ham 1 million söm yordam berişgan edi. Bugun yana oilamizga moddiy kömak berilmoqda. Pandemiya davrida ham heç kim taşlab qöygani yöq. Mahallamiz yetakçilari oziq-ovqat yetkazib turişdi. Bu işlarni taşkil qilib turgan rahbarlarimizning barçasiga rahmat deymiz», — deydi «Nurobod» mahallasida yaşovçi Ötkir Saffiyev.

Pandemiya şaroitida ehtiyojmand, işidan vaqtinçalik ajralgan oilalarga manzilli yordam körsatilgani uçun, qiyin kunlarda yolğizlatib qöyişmagani odamlar ularga yordam bergan hukumatdan, hokimiyatdan, mahalla ahli va saxovatpeşa tadbirkorlardan minnatdor.
Ularning barçasi yurtimizga kelgan koronavirus balosi tezroq daf bölib, kundalik hayotlariga qaytişni istaşmoqda. Şuni istab, duo qilişdi.












