Prezident farmonga köra, «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yanada kuçaytiriş maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça mutasaddi idoralar tomonidan şakllantirilgan moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari («temir daftar»)ga kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilalarga Özbekiston Respublikasining respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilanmoqda.

Bir martalik moddiy yordam pullarini ehtiyojmand va kömakka muhtoj oilalar röyxatlariga kiritilgan oilalarga 2020 yil 15 avgustga qadar yetkaziladi.

Prezident farmonida belgilanişiça, koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumşatiş maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Özbekiston Respublikasining respublika budjetidan:

  • moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari («temir daftar»)ga kiritilgan oilalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun «Saxovat va kömak» jamğarmasining hududiy bölimlariga — 200 milliard söm;
  • tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vraçlar, feldşerlar, sanitarlar va haydovçilar) bir martalik moddiy yordam körsatiş uçun — 100 milliard söm;

Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 150 milliard söm mablağ ajratilmoqda.