Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva mazkur mablağlar taqsimoti haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, ötgan davr mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar hamda tuman, şahar xalq deputatlari kengaşlarining qarorlari qabul qilinib, karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, köp bolali oilalarga, yakka yolğiz va nogironlarga hamda öz daromadini yöqotgan vaqtinça işsiz bölgan 300 383ta oilaga 118 mlrd 995 mln sömdan ziyod mablağ sarflangan.
Jumladan:
- 205 646ta oilaga kundalik iste'mol tovarlari uçun 37 mlrd 860 mln söm qiymatida turli xil oziq-ovqat mahsulotlar uçun;
- 2 822ta oilaga 399 mln 531 ming söm qiymatida dori, himoya niqoblari, antiseptik vositalari uçun;
- 24 619ta oilaga 9 mlrd 626 mln söm qiymatida boşqa turdagi mahsulotlar uçun;
- 67 296ta oilaga 71 mlrd 110 mln söm qiymatida naqd pul körinişida mablağlar berilgan.
AOKAda bölib ötgan brifingda «Saxovat va kömak» umumxalq harakati yölida Alişer Usmonov tomonidan ötkazilgan 5 mln AQŞ dollari miqdoridagi xayriya mablaği taqsimoti haqida ham ma'lumot berildi.
Qayd etilişiça, uşbu xayriya mablağlari Andijon, Namangan, Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahar hokimliklari tomonidan röyxati taqdim etilgan 19 009 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, köp bolali, nogiron, yolğiz keksalar hamda hozirda vaqtinça daromadini yöqotgan işsiz fuqarolarga 2,5 mln sömdan – jami 47 522 500 söm xayriya mablaği plastik kartoçkalariga ötkazilgan holda tarqatib berilgan.












