Uskunaning öziga xos xususiyati şuki, yuqori qismida simsiz quloqçinlar uçun möljallangan maxsus joy böladi. Unga joylaştirilgan quloqçinlar har doim quvvatlantirilib turiladi. Bu bilan kompaniya quvvatlantiruvçi alohida futlyardan töliq voz keçiş ustida işlamoqda. Bu esa mijozlar uçun juda qulay bölişi mumkin.
Quloqçinlar ham öziga xos dizaynga ega, yuqori qismi buraladigan şaklda böladi. Uni burab, quloqqa taqiladigan şaklga keltiriş yoki smartfon korpusiga joylaştiriş mumkin.
Quloqçinlar Bluetooth kanal orqali ulanadi. Şuningdek unda tobora ommalaşib borayotgan şovqinbostiriş tizimi ham böladi.
Qayd qiliş joizki, işlab çiqaruvçilar zamonaviy smartfonlarning noziklaşib borayotgani, undagi elementlar ziç joylaşgani sababli, hatto 3,5 mm raz'yom uçun joy qolmayotganidan şikoyat qilib kelişayotgan edi. Bu muammoni Xiaomi qanday hal qilişi qiziq.

















