Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Innovatsion işlanmalarni joriy etiş ilmiy-amaliy markazi hamda Turin politexnika universiteti talabalari hamkorligida NovAssistant universal roboti yaratildi.

Universal robot tibbiyot, tadbirkorlik, ta'lim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarişga kömaklaşadi. Şuningdek, robot imkoniyati çeklangan insonlarning turli yumuşlarni amalga oşirişlarida yordam bera oladi. Bu esa ular uçun iş örinlarining köpayişiga xizmat qiladi.

Ma'lum qilinişiça, yordamçi-robot muloqot qiliş bilan bir qatorda öz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni işxonada yoki uyda kömakçi sifatida işlatiş mumkin.

Robotni buyurtmaçining istagidan kelib çiqqan holda turli körinişda, şuningdek, sun'iy intellekt, odamni taniş, xonadagi uskunalarni boşqariş kabi qöşimça funksiyalarni qöşib yaratiş imkoniyati mavjud. Robotni mobil ilova orqali yoki ovoz bilan boşqariş mumkin.

Qayd etilişiça, bunday tipdagi robotlarning xorijdagi örtaça qiymati 180 million sömga töğri kelsa, milliy xizmatçi robotlarning örtaça narxi komplektatsiyasidan kelib çiqqan holda 25 million sömdan 45 million sömgaça böladi.