Telegram messenjeri Apple kompaniyasining App Store ilovalar dökonini raqobat qoidalariga zid ravişda işlaşda ayblab Yevrokomissiyaga şikoyat qildi. Bu haqda Financial Times naşri xabar berdi.
Şikoyatda aytilişiça, «Apple foydalanuvçilarga App Store dökonidan taşqaridagi ilovalarni ham yuklab olişiga imkoniyat berişi lozim».
Şuningdek, Apple har bir ilova sotib olingani uçun 30 foiz haq olişi ham adolatdan emas. Şikoyatda keltirilişiça, bu miqdor App Store faoliyat körsatişini ta'minlaş uçun keragidan ança ortiq.
Avvalroq Telegram asosçisi Pavel Durov ana şunday fikrlar bilan çiqqandi. Uning ta'kidlaşiça, «Bugungi kunda smartfon foydalanuvçilariga öz xizmatlarini sotayotgan barça dasturçilar amalda özlaridan köra köproq Apple va Google uçun işlab beradi. Natijada Apple va Google önlab milliard dollarni özlarining offşor hisoblarida aylantiradi, butun dunyodagi yuz minglab dasturçilar esa zörğa kun keçiradi».
Durov şuningdek, Yevropada Apple’ga qarşi boşlangan antimonopoliya işini «ijobiy qadam» deb baholagandi.












