Apple kompaniyasi joriy yilda iPhone’ning yangi modellarini odatdagidan bir neça hafta keyinroq çiqarmoqçi. Bu haqda Apple’ning boş moliyaviy direktori Luka Maestriga tayanib Bloomberg xabar berdi.
2019 yilda kompaniya iPhone’ning yangi modellari qatorini 10 sentyabrda taqdim qilgan, 20 sentyabrdan esa gadjetlar sotuvga çiqarilgan. Bloomberğning taxmin qilişiça, yangi modeldagi iPhone 12 sentyabrda emas, oktyabrda çiqadi.
Maestri kompaniyaning 2020 yilning 3-çoragidagi faoliyati böyiça hisobot berilişida iPhone 12 sentyabrda çiqmasligi haqidagi miş-mişlarni tasdiqlagan.
“Ötgan yil biz yangi ayfonlarni sentabr oxirida sotişni boşlagandik, joriy yilda gadjetlar bir neça hafta keçroq sotuvga çiqarilişini kutmoqdamiz”, deb aytgan Maestri.
Ta'kidlanişiça, Apple yangi modellari çiqarilişi keçiktirilişining sababini tuşuntirmagan. Biroq ilk iPhone 5Ğlar çiqarilişi keçiktirilişi haqidagi gaplar bahordayoq paydo bölgan. OAV buni koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan muammolar bilan tuşuntirgandi.












