«Barça sektor va mahallalarda ştablar tuziladi. Tuman va şaharlardagi 4ta sektor rahbarlari özlarining ştab a'zolari va mahalla raislari bilan birga har bir mahalla kesimida «temir daftar»ga kiritilgan muhtoj oilalarning haqqoniy röyxatini yana bir bor qayta körib çiqadi. Karantin vaqtida haqiqatan muhtojlarning röyxatini şakllantiradi.
Tölovlarni amalga oşiriş uçun mahallalar kesimida mablağ tarqatiladigan kun, soati va joyi aniq körsatilgan holda grafiklar tasdiqlanadi. Törtta sektor rahbari tomonidan oluvçilarni xabardor qiliş uçun grafiklar mahallalar va tijorat banklariga yetkazib beriladi.
Mahalla raisi va sektor rahbarlarining işçi guruhi uyma-uy yuriş va telefon orqali har bir oluvçiga moddiy yordam beriladigan vaqt va joyi töğrisida şaxsan xabardor qiladi. Tijorat banklari mablağlarni öz muddatida tölaş uçun grafik asosida xodim va transport vositasi ajratadi.
Mablağlar belgilangan vaqt va joylarda tölov vedomostlariga asosan naqd pulda har bir moddiy yordam oluvçiga pasport asosida tölab beriladi», – dedi Ahror Ğulomov 1 iyul kuni AOKAdagi brifingda.
Eslatib ötamiz, prezident farmoni bilan, «temir daftar»ga kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilangan.













