Garçi nizomda körsatilgan yordamlarni oliş tartibi qonun bilan belgilab qöyilgan bölsa-da, u joylarda töla işlayapti, deb bölmaydi.
Jumladan, tahririyatimizga yetib kelgan qator murojaatlarda fuqarolar ijtimoiy yordamlar oliş masalasi hamon inson omili, xususan, mahalla raisi va boşqa mutasaddilarning şaxsiy tanloviga boğliq bölib qolayotganini bildirgan. Bu borada mahalla raislarining tanlov uçun korrupsiya, taniş-bilişçilik va tamagirlikka yöl qöyayotgani, fuqarolarni öz şaxsiy işi, paxta terimi yoki turli obodonlaştiriş tadbirlarida qatnaşişga majburlayotgani ham bayon qilingan.
Kun.uz muxbiri şu kabi holatlar yuzasidan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati mutaxassislaridan izoh söradi.
Saodat Boymirzayeva, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati rahbari:
— Bu jarayonda inson omilini yöqotiş borasida işlanyapti. Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan yoki vazirlikning tekşiruvlari asosida aniqlangan har bir holat böyiça örganişlar olib boradi. Aybdorlarga çora köryapti.
Bu jarayon hamişa oğriqli masala bölib kelgan. Avvallari jarayon Vazirlar Mahkamasining 44-sonli qarori bilan tartibga solinardi. Ötgan yildan boşlab şu jarayonda inson omili iştirok etmasligi bilan boğliq amaliyot Sirdaryo viloyatida tajriba qilina boşladi. Bu tajriba özini oqladi. Endilikda tajriba butun respublikaga joriy qilinyapti.
Unga köra, endilikda bola parvarişi böyiça nafaqa va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaş jarayonida mahalla raisi yoki mahalladan boşqa kişi iştirok etmaydi. Ularda birgina vazifa bor, fuqarolarning hujjatlarini qabul qiliş, hujjatda kamçiliklar bor yöqligini tekşirib beriş va 3 kun muddatda tuman (şahar) pensiya jamğarmasiga yetkazişdan iborat.
Biz murojaatlarning barçasini manzilli örganib, çorasini köramiz.
Farhod Eşmöminov, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi axborot xizmati boş mutaxassisi:
— Fuqarolarimiz yaxşi bilişi kerak, yangi tartib böyiça mahalla raislari faqatgina taqdim etilgan hujjatlarni körib, kamçiligi bölsa, töldirişga tavsiya qiladi va tuman (şahar) pensiya jamğarmasiga yetkazadi. Ularda taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib yuboriş vakolati yöq.
Bu jarayonda qandaydir talab, şartlar qöyiş, pul talab qilişga heç kimning haqqi yöq. Odamlarimiz şu turdagi yordamlarni sörab, mahalla idorasiga murojaat qilar ekan, bu qoidalarni yaxşi bilişlari kerak.












