Agarda tuman va şahar hokimlari kafolat berişsa, buyum bozorlari, gözallik salonlari va boşqa tadbirkorlik faoliyatlariga ruxsat etilişi mumkin.

Bugun, 31 iyul kuni ZOOM orqali yiğiliş ötkazgan viloyat maxsus komissiyasi şunday qarorga keldi.

Ma'lum bölişiça, Qaşqadaryoda joriy qilingan çeklovlarga 3 avgustdan boşlab bir qator özgarişlar kiritildi:

  • avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişga, şuningdek, Qarşi şahriga kiriş-çiqişga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan 10:00gaça, 18:00dan 21:00gaça) tegişli hudud doirasida fuqarolarning iş joyiga borib-kelişi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş uçun harakatlanişiga ruxsat beriladi;
  • yönalişsiz taksilar soni bugungi kunga nisbatan 2 barobarga köpaytiriladi va butun sutka davomida harakatlanişiga ruxsat beriladi;
  • viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan çeklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ya'ni maxsus ruxsatnoma (stiker), ayrim toifadagi avtotransport vositalari, «yaşil yölak» tizimi, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari avtomaşinalari va viloyat hokimligi tomonidan işlab çiqariş, tadbirkorlik hamda sanoatni rivojlantiriş böyiça tasdiqlangan avtotransport vositalari röyxat asosida harakatlanişi mumkin.

Şuningdek, 3 avgustdan boşlab tuman (şahar) hokimlariga öz hududidagi buyum va quriliş mollari bozorlari, savdo maişiy xizmat, umumiy ovqatlaniş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlariga faoliyatini davom ettirişga individual ruxsat beriş (oldindan tadbirkorga karantin talablarini tuşuntiriş va kafolatini oliş) vakolati berildi.