AOKAda bölib ötgan brifingda Yoşlar işlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov homiylik, xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlari tomonidan qiyin va oğir ahvolga tuşib qolgan oilalar röyxatini işlab çiqişda birinçi navbatda e'tibor qaratiladigan oilalar haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, quyidagi toifadagi oilalarga birinçi navbatda kömak körsatiladi:

  • Ta'minot manbayi bölmagan yolğiz keksalar, nogironligi bölgan, boquvçisidan ajralgan, oğir kasallari bor, köp bolali oilalar;
  • ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boşqa daromad manbai bölmagan oilalar;
  • ota-onasining ikkisini ham yöqotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoşlar şuğullanayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bölgan oilalar;
  • 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlardan alohida yaşayotgan beva ayollar (beva erlar);
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş izlovçi sifatida bandlikka kömaklaşiş markazlarida hisobda turgan oilalar;
  • mehnatga layoqatli a'zolari bölgan, biroq ular heç qayerda işlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtinça mahrum bölgan (mavsumiy işçi, usta, mardikor, sartaroş, çet elda işini yöqotib qaytganlar, taksi haydovçisi, kafe, restoran işçisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Bundan taşqari, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga kelib tuşgan murojaatlar haqida ma'lumot berildi.

«2020 yil 1 avgust kuni hududlardagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga jami 8 ming 371ta murojaat kelib tuşgan. Hududlarda taşkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari tomonidan 22 ming 170ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordami körsatilgan.

2020 yil 14 iyuldan 1 avgustga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlariga jami 108 ming 755ta murojaat kelib tuşgan va Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari tomonidan 194 ming 214ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari körsatilgan.

Hozirda Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlaridagi jami 3060 nafar volontyor yoşlardan 682 nafari Call-markazlarda aholi murojaatlarini qabul qilişga hamda 2378 nafari xonadonlarga mahsulotlar yetkazib berişga kömaklaşmoqda», degan agentlik vakili.