Siemens kompaniyasining tibbiy vositalar işlab çiqaruvçi bölinmasi Siemens Healthineers (SH) AQŞning Varian Medical Systems farmatsevtika kompaniyasining barça aksiyasini sotib oliş böyiça kelişuvga erişdi.
Nemis kompaniyasi Varian’ning har bir aksiyasi uçun 177,5 dollar tölaydi, bu esa aksiyalarning 31 iyuldagi savdolar yopilişidan oldingi narxidan 24 foiz köproqni taşkil qiladi. Umumiy hisobda bitim 16,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Varian saraton kasalliklarini davolaş uçun dori vositalari işlab çiqarişda dunyo yetakçisi hisoblanadi. Dunyoda saratondan kasallanişlar soni tobora ortayotgani sababli, nemis kompaniyasi Varian’ni xarid qilişga katta ösiş salohiyatiga ega aktiv sifatida qaramoqda. Nemis kompaniyasi uçun bu 20 mlrd dollarlik hajmga ega bozorning har yili 6-10 foizga ösişini anglatadi.
“Uşbu kelişuv evaziga biz kardiologiya va nevrologiyaga qöşimça ravişda onkologiyadagi pozitsiyalarimizni ham mustahkamlaymiz”, deb aytgan Ş’ning boş moliyaviy direktori Yoxen Şmits.












